***
Ikki do’st uchrashib qolib, xotinlarini muhokama qila ketishdi:
— Mening xotinim farishta!
— Omading bor ekan! Meniki bo’lsa, haliyam tirik.
***
Er tongga yaqin hammayog’iga lab bo’yog’i, upa tekkan, yelkalariga sariq soch yopishgan holda uyga kirib keldi.
Xotini:
— Qaerda edingiz?
Aytsam, ishonmaysan. Tun bo’yi masxaraboz bilan olishib chiqdim.
***
— Uylanibsan. Rostmi?
— Ha.
— Katta puli bor beva ayolga uylandingmi?
— Yo’q, bevasi bor katta pulga uylandim.
***
Yangi mehmon kutayotgan yosh kelin-kuyovlar tekshiruvdan qaytishardi. Uydagilari so’rashdi:
— Xo’sh,o’g’ilmi, qizmi?
— E, katta bo’lsa, buni o’zi hal qiladi.
***
Uch qiz kurortdan qaytishardi. Biri dedi:
— Bir yigit bilan tanishdim. Maxfiy tashkilotda ishlarkan. Ota-onamni, chet elda qarindoshlarim bor-yo’qligi surishtirdi.
— Men zo’r bir erkak bilan tanishdim. Hech kimga hech narsa aytmasligimni iltimos qildi.
— Men bo’lsam, Bo’rivoy degan yigit iblan tanishdim. Ta’til davomida mening xonamda kun o’tkazdik. Hatto bir kuni deraza qarshisiga kelib: “Ie, bu yerda dengiz ham bor ekan” dedi.
***
Er xotiniga ko’ylak sovg’a qildi. Lkin xotini 54-razmerdagi ko’ylak kiyar, sovg’a esa 44-razmerda edi. Xotin:
— Menga nimani ko’tarib keldingiz? Menga sig’maydi-ku!
— O’n yil oldingi kelishgan, ixchamgina xotinimni yana bir marta ko’rgim keldi-da, xotin!
***
— Nega xotining bilan ajrashding?
— Do’xtirlar dastidan.
— Nega?
— Temir ich deyishgandi. Men ichdim. Oxirgi temir karavotni ichib bo’lgach, xotinim ketib qoldi.
***
— Demak, siz mening qizimga uylanmoqchisiz. Maoshingiz ro’zg’or tebratishga yetadimi ishqilib?
— Albatta.
— Yaxshilab o’ylab ko’ring. Biz oilada yetti jonmiz-a!
***
Sevadigan ayol — bu sizni zinaga itarib yuborib, albatta bir gapni so’rab qo’yadigan ayoldir.
— Biror yeringizga shikast yetmadimi, jonim?
***
Mehmonga kelgan ayol uy bekasidan so’radi:
— O’tgan safar nuqul hammani ichishga undayvergan sariq sochli qiz qani?
— Nima, ichgingiz kelayaptimi? Hozir quyaman.
— Yo’q, men o’shandan beri erimni topa olmayapman.
***
Folbin mijozga dedi:
— 55 yoshgacha o’zingizga turmush o’rtog’i topolmay azoblanasiz.
— Keyin-chi?
— Keyin sizga turmush o’rtog’ining zarurati qolmaydi.
***
Er kutilmaganda uyga qaytib, xotinini begona erkak bilan tutib oldi va dedi:
— Men uyimiz ro’parasidagi yonib ketgan “BMV”ning sho’rlik egasi qaerda ekan deb xavotirga tushibman-a!