Katta ko’chada sudralib ketayotgan qurtdan tipratikon so’radi:
— Nima qilib yuribsan? Uying yo’qmi nima balo?
— Bor edi. Bosh olib ketdim.
***
Yangi o’zbek olamdan o’tdi. Qabristonda hamma uning yaxshi tomonlarini aytib o’tayapti.
— Ma’lumotli, ishchan, mehribon, izlanuvchan edi rahmatli…
Shu payt uning bevasi yugurib o’rtaga chiqdi-da, baqirdi:
— Yaxshilar, menimcha, biz boshqa odamni dafn etayapmiz shekilli!
***
Bir kavkazlik eshakda ketayotgandi. Tepasidan samolyot o’tib qoldi. U boshini ko’tarib samolyotni tomosha qila boshladi. Samolyot qancha balandlasa, boshini shuncha baland ko’taraverdi. Oxiri eshakdan yiqilib o’ldi. Dafn marosimiga kelgan mehmonlar so’rashdi:
— Nimadan o’libdi?
— Aviahalokatdan, oshna, aviahalokatdan!
***
— “Zaparojes”ning tezligini soatiga 140 km ga chiqarish mumkinmi?
— Albatta, tog’ cho’qqisidan g’ildiratib yuboring, chiqadi-qo’yadi!
***
Polkovnikning miyasini operatsiya qilishayapti. Jarroh uning bosh chanog’ini yechib olib miyani sug’urdi. Shunda ichkariga oddiy askar kirib baqirdi:
— O’rtoq polkovnik, sizga general-mayor unvonini berishibdi!
Bu xabarni eshitgan polkovnik dast o’rnidan turdi-da, boshiga kepkasini kiyib tashqariga otildi. Vrach undan so’radi:
— Kechirasiz, miya-chi?..
— E, endi menga miyaning nima keragi bor?
***
Harbiy qism kinoteatrida detektiv kino ketayapti. Bosh qahramon ayol o’zining xiyonatkor erini otib o’ldirdi-da, ovozining boricha qichqirdi:
— Xudoyim, endi nima qilaman?
Zalda o’tirganlardan biri unga javoban dedi:
— Nima qilarding? Qurolni tozalab omborchiga topshir!
***
— Oddiy askar, Toshmatov, yana ichdingizmi? Agar ichishni tashlaganingizda, allaqachon serjant unvonini olgan bo’lardingiz.
— Serjantni boshimga uramanmi? Men ichgan paytimda o’zimni generalday his etaman.
***
Serjant haydovchilarga yangi mashinaning qulay tomonlarini tushuntirayapti:
— Bu mashina eng so’nggi yangilik hisoblanadi. Tovushdan ham tezroq harakatlana oladi. Eng yaxshi tomoni shuki, siz hali motorga o’t qo’ymasingizdan kasalxonada turgan bo’ladi.
***
Uyqudan uyg’ongach, askar sherigiga dedi:
— Tushimda 20 nafar dushman askarlari asirga olish niyatida orqamdan quvganmish.
— Darrov uyg’onib ketmadingmi?
— Ie, qo’rqdi deb o’ylashsinmi keyin?
***
— Jasur askar ehtiyotkor askardan nimasi bilan farqlanadi?
— Jasur askar komandirning kamchiliklarini yuziga aytadi.
— Ehtiyotkor askar-chi?
— U ham aytadi. Faqat… Telefon orqali.
***
Ona besh yashar o’g’liga tanbeh berayapti:
— Hadeb sakrayvermagin, qorning katta bo’lib qoladi!
Bola ko’chaga chiqsa homilador ayol turibdi. Sekin yoniga kelib dedi:
— Ana shunaqa bo’ladi. Kamroq sakrash kerak edi.
***
O’qituvchi:
— Nega laylaklar qishda Afrikaga uchib ketishadi?
O’quvchi:
— Negrlar ham farzand ko’rishi kerak-ku!