Ukrain tanish ayoldan so’radi:
— Xo’sh, ishlar qalay?
— Parhez qilyapman. Deyarli ovqat yemayapman. Shunday qilsa, qomat saqlanib qolarkan.
— Menga qara, sen-chi, qomatni saqlab qolish uchun ovqat yeyaverishing, yeyaverishing kerak!
* * *
Bozorchi ayolning eri xotinini erta tongda uyg’otyapti:
— Xotinjon, turaqol! Ketishingga o’n besh daqiqa qoldi.
— Ie, nega ertaroq uyg’otmadingiz? Esingiz joyidami? Axir, bo’yanishimning o’ziga yarim soat ketadi-ku!
— Xavotir olma, uxlayotganingda o’zim bo’yantirib qo’ydim seni.
* * *
— Xotin, nihoyat sen bilan jiddiy gaplashib olmasak bo’lmaydi!
— Nahotki? Qayoqdan kun chiqdi? Uch oydan beri gaplashmabmiz-a! Voy, bu yangilik-ku! Qani, gaplashsak gaplashaylik! Boshlang!
— Xotin, sen nima deb o’ylaysan? Akula kuchliroqmi, ayiqmi?
* * *
— Og’ayni, xursandsan. Tinchlikmi?
— Xotinim menga xiyonat qilgandi, uni haydavordim.
— Ie, kim bilan tutvolding?
— Eng yaqin do’stim bilan.
— Aljirama! Eng yaqin do’sting menman-ku!
— Yo’q, eng yaqin do’stim endi boshqa.
* * *
Go’sht bozoriga ikki qo’lida kattakon sumka ko’targan ayol zo’rg’a kirib keldi-da, to’xtadi va ho’kizning ulkan boshiga tikilib turib o’ziga o’zi dedi:
— O’lsin, erimga sigaret olishni unutibman-ku!
* * *
Vrach bemordan so’radi:
— Xo’sh, menga kelguuncha biror mutaxassisga uchradingizmi?
— Ha, dorixona sotuvchisiga uchrovdim.
— Shunaqami? Hoynahoy, ahmoqona maslahatlar berib tashlagandir?
— Ha, sizga uchrashishimni maslahat berdi.
* * *
— Oyi, ertaga maktabimizda ota-onalar majlisi bor ekan. Borasizmi?
— Yo’q, bormayman.
— Nega?
— O’sha pulga senga yangi ko’ylak olib bermoqchiman.
* * *
Besh yashar bolakay otasidan so’radi:
— Dada, meniyam laylak olib kelganmi?
Otasi narida o’tirgan xotiniga o’qrayib oldi-da, dedi:
— Yo’q, seni qarg’a tashlab ketgan.
* * *
Saksondan oshgan qariya ko’chada chaqaloqlar aravachasi ichiga mo’raladi-da, ayolga dedi:
— Qanday ajoyib egizaklar ekan-a! Ikkalasiyam o’g’il bolami, qizim?
— Yo’q, hov anavi chapdagisi o’g’il bola, o’ngdagisi qovun, bobo, qovun!
* * *
Shayton juhudga dedi:
— Og’ayni, senga zo’r taklifim bor. Joningni menga sot!
— Senga undanam zo’r taklifim bor. Jonimni ijaraga olaqol!