BI-IR KULIShMAYMIZMI, TOG'A?..

 

* * *

 

Bir yigit taksida uyigacha yetib kelgach, ayyorlik qildi. U pastga tushiboq mashina eshigini yopmasdan turib cho’ntaklarini kovlay-kovlay dedi:

— Jin ursin! Salonda yuz dollar pulimni tushirib qo’ydim shekilli!

Buni eshitgan haydovchi eshik yopilishini ham kutib o’tirmay, gazni bosdi-yu, jo’nab qoldi.

 

* * *

 

Yo’l patrul xizmati xodimi erta tongda o’g’lini uyg’otyapti:

— Turaqol, o’g’lim, ishga kech qoldik!

— Soat necha bo’ldi o’zi?

— Olti yarim bo’ldi.

— Ie, hali erta-ku!

— Qanaqasiga erta bo’lsin? Yarim soatdan beri haydovchilar maza qilib tekinga yo’l bosyapti.

 

* * *

 

Komandir parashyutdan askarlarni birma-bir sakrashga undayapti:

— Birinchi, sakra! Ikkinchi sakra! Shunday, shunday! Parashyutlar esdan chiqmasin, parashyutlar!

 

* * *

 

Ikki gadoyning suhbatidan:

— Yaqinda qizimni turmushga berdim.

— O’, zo’r-ku! Xo’sh, sepiga nima qo’yding?

— Nima bo’lardi? Bor budimni tortib oldi. Shahardagi markaziy ko’chani sovg’a qilib yubordim.

 

* * *

 

Er-xotin birgalashib uy yig’ishtiryapti. Xotin eriga guldonni berib, yuvib chiqishni iltimos qildi. Er vannaxonaga kirib ketgach, hech qancha o’tmay, nimaningdir singani eshitildi. Guldon sindi deb o’ylagan xotin xursand bo’lib qichqirdi:

— Mayli, dadasi, yaxshilikka, yaxshilikka!

— Qanaqa yaxshilik? Rakovinani sindirib qo’ydim!

 

* * *

 

Ikki askar harbiy mashq maydoni bo’ylab ketib borishardi. Biri ikkinchisiga dedi:

— Yur, soqchiga bir hazil qilib ko’ramiz!

— Ho, dekanga bir marta hazillashib mana shu yerga kelib qolganman. Kerakmas!

 

* * *

 

Bolakay onasiga baqirdi:

— Demak, menga shokolad bermaysiz-a? Bo’pti! Hozir ko’chada ketayotganda, sizni «buvi» deb chaqiraman!

 

* * *

 

Maktab direktori oltinchi sinf o’quvchisidan sinfxona oynalarini bo’yashni iltimos qildi. Bir soatdan so’ng o’quvchi undan so’radi:

— O’rtoq direktor, romlariniyam bo’yaymi?

 

loading…