BI-IR KULIShMAYMIZMI, TOG'A?..

 

 

* * *

 

Sahroda ikki tuya ketib borardi. Biri ikkinchisiga dedi:

— Odamlar biz haqimizda nima deb o’ylashsa, o’ylashsin-u, lekin hoziroq suv ichmasam o’laman!

 

* * *

 

Ko’prik bo’ylab fil va quyon ketib borishardi. Bir mahal ko’prik egila boshladi va fil dedi:

— Quyon, qara, ko’prik egilyapti!

— Albatta egiladi! Axir, ikki kishini ko’tara olmaydi!

 

* * *

 

Ot eshakka dedi:

— Biz odamlarning eng yaqin do’stimiz. Ularning og’irini yengil qilamiz, hayotini farovon etamiz.

— Bo’lishi mumkin. Lekin bir kun kelib sizlarning o’rningizni mashinalar egallaydi. Biz eshaklar esa eshakligimizcha qolaveramiz.

 

* * *

 

Toshbaqa narvon ustida o’rmalab ketayotib, kutilmaganda yerga quladi. Sekin o’rnidan turarkan, o’ziga o’zi dedi:

— Yaxshiyam fil emasman. Aks holda o’lib qolardim.

 

* * *

 

Ikki suvarak katta yo’l bo’yida turishardi. Yonlaridan urg’ochi suvarak o’tib qoldi va biri sherigiga dedi:

— Anavini yo’ldan urmaymizmi?

— Jinnimisan? Yo dixlofos orttirib olging kelyaptimi?

 

* * *

 

— Yaqinda xo’jayinnikida katta ziyofat bo’ladi! — maqtandi it.

— Ha-a! — og’ir xo’rsinib qo’yishdi tovuqlar.

 

* * *

 

Katta yo’l bo’yida uchta bir xil do’kon qurilgan. Birining eshigiga xaridor chaqirish uchun shunday deb yozib qo’yishgan:

— «Qadimiy firma do’koni»

Ikkinchisiga shunday deb yozishgan:

— «Zamonaviy do’kon»

Uchinchisidagi yozuv:

— «Kirish eshigi bu yoqda»

 

* * *

 

Kitob do’konida.

— Menga bir qarashda bosh ko’tarmasdan o’qiladigan detektiv bering!

— Mana bu kitob siz so’ragan detektiv. Faqat qotil saroy xizmatchisi ekanini oxirida bilib olasiz.

 

loading…