* * *
— Qizim sen telefonda doim soatlab gaplasharding. Bu safar negadir 20 daqiqagina gaplashding. Kim ekan o’zi u?
— Bilmadim. Kimdir raqamni noto’g’ri teribdi.
* * *
— Kecha DAN xodimi menga jarima soldi. Topgan gapini qarang. Mashinamning xavfsizlik yostiqchasi kir bo’lib qolganmish. (Yangi boyning hasratidan)
* * *
Gruziya armiyasi. Starshina askardan so’radi:
— Oddiy askar Givishvili, nega menga salom bermadingiz?
— Uxlab qolibman, shekilli.
— Ha, mayli, men bo’lsam hurmat qilmaysizmi, deb o’ylabman.
* * *
Mijoz ofitsiantdan so’radi:
— Manavi tovuqli ovqatingiz nimadan tayyorlangan?
— Shefimizning mashinasi urib ketgan tovuqdan.
* * *
Besh yashar bolakay tengdoshidan so’radi:
— Sen qaerda tug’ilgansan?
— Kasalxonada.
— Ie, qaering og’rigandi?
* * *
O’lim bilan olishayotgan keksa xasis so’radi:
— Xotinim yonimdami?
— Ha, otasi, men shu yerdaman!
— Bolalar ham yonimdami?
— Ha, dada, biz shu yerdamiz!
— Nevaralar-chi?
— Ular ham tepangizda yig’lab o’tirishibdi.
— Unda nega oshxona chirog’i haliyam yonib turibdi?
* * *
Cholining o’limidan so’ng bir oy o’tgach, kampirining uyiga radio o’rnatib berishdi. Erta tongda radiodan yoqimli tovush eshitildi:
— Xayrli tong!
Kampir (atrofga alanglab):
— Voy, kim u?.. Xayrli tong!.. Hali tong yorishmasdan kelibsiz? Tinchlikmi? Qaerdasiz o’zi?
* * *
Sartarosh eski tanishining sochini olayotib so’radi:
— Sochingiz to’kilib ketyapti ekan. Asrab qolish uchun biror yo’lini o’ylab topmadingizmi?
— Topdim, yaqinda xotinim bilan ajrashaman.
loading…