«VRACh»
Bir kampir uyiga hudud vrachini chaqirib, sog’lig’idan shikoyat qila ketdi. Vrach yosh edi. Kampirni yaxshilab tekshirib ko’rdi. Erinmasdan arzini ham tingladi. So’ngra birpas o’ylanib mulohaza qilib turgach, bepul beriladigan dorilaräàí barcha keraklilarini kampirga yozib berdi.
Kampir o’zida yo’q xursand edi. Qanday minnatdorchilik izhor etishni bilmay uzoq xonani aylanib yurdi. Shunda… Nimadir esiga tushgandek, vrachga yaqin borib dedi:
— Bolam, hamma kasalni tuzata olarkansan-a!.. Bunaqa do’xtirni yaqin orada ko’rmaganman. Qara, televizorim anchadan beri buzilib yotibdi. Shuni tuzatib bersang-chi!..
Olimjon HAYIT tayyorladi
loading…
Izohlarni ko`rish