BI-IR KULIShMAYMIZMI, TOG'A?..

 

 

* * *

 

O’g’ridan tanishi so’radi:

— Nega poyma poy botinka kiyib olibsan?

— Do’kondorlar ahmoq. Ular peshtaxtaga botinkaning bir poydanini qo’ysak hech kim o’g’irlamaydi deb o’ylashadi.

 

* * *

 

Avtobus bekatida yoshi to’qsondan oshgan kampir qaltiragancha qo’l telefonini kovlashtirardi. Yonidan bir yigit o’tib qoldi. Kampir unga dedi:

— Bolam, manavi telefonda sms yozishni bilmayapman. Yozib bergin!

— Nima deb yozay, momo?

— «Siz ermas, yaramassiz! Meni qidirib ovora bo’lmang! Men oyimnikiga ketdim!» deb yoz!

 

* * *

 

Er uyga kelib xotiniga dedi:

— Ishxonamda muammo paydo bo’ldi.

Xotin muloyim ovozda javob qildi:

— Xavotir olmang, azizim! Hech qachon ishxonamda demang, ishxonamizda muammo paydo bo’ldi deng! Sizning muammongiz meniyam muammom!

— Xo’p, xullas, kotibamiz homilador. Bizdan farzand kutyapti.

 

* * *

 

Ayol eriga qo’ng’iroq qilib dedi:

— Azizim, kechiring, sizga adashib ichketarga qarshi dorining o’rniga asabni tinchlantiradigan dori ichiribman. Qalaysiz hozir?

— Nima desam ekan? Umuman… Yugurishdan to’xtaganim yo’q, ammo juda xotirjamman.

 

* * *

 

«Tanishuv» saytidagi yozishmadan.

— Jonim, bo’yingiz necha santimetr?

— Bir yuz qirq.

— Oh, ixchamgina qirolicham! Vazningiz qancha?

— Vaznim yanayam kamroq. Atigi bir yuz yigirma.

 

* * *

 

Yigit ko’chada sobiq muallimasini uchratib qoldi. Muallima undan so’radi:

— Toshmatov, hozir nima ish qilyapsan?

— Metereologman, ustoz!

—   Uf-f, bolaligingda rostgo’y bola eding-ku!

 

***

 

Ishda ikki hamkasb suhbatlashyapti. Biri ikkinchisidan so’radi:

— Ishxonamizda skeleroz bilan og’rigan xodim bormi?

— Nima qilasan?

— Qarz olmoqchiydim.

 

* * *

 

Ikki tanish avtobus bekatida uchrashib qolishdi. Biri ikkinchisidan so’radi:

— Qara, anchadan beri ko’rishmabmiz-a! Uylandingmi?

— Yo’q.

— Ie, nimani kutyapsan?

— Avtobusni.

 

* * *

 

Er umrida birinchi marta parashyutdan sakradi. Uni pastda xotini va o’g’li kuzatib turishardi. Er yerga qo’ndi. Ammo hadeganda o’rnidan turavermadi. Shunda xotini o’g’ilchasiga dedi:

— Borib qara-chi, dadang nafas olyaptimikan?

O’g’ilcha dadasining tepasiga bordi-da, darrov ortga qaytdi va onasiga dedi:

— Dadam nafas olyapti. Lekin uning yonida umuman nafas olib bo’lmaydi.

 

* * *

 

Filarmoniya zali. Konsert boshlandi. Boshlovchi tomoshabinlarga e’lon qildi:

— Shostakovichning oltinchi simfoniyasi!

Shunda zalda o’tirgan er xotinini koyidi:

— Ko’rdiingmi, ikki soat bo’yanding. Agar tezroq tayyor bo’lganingda, beshta simfoniyani o’tkazib yubormagan bo’lardik.

 

loading…