* * *
Yigit yaqindagina tanishgan qizdan so’radi:
— Meni rostdanam sevasanmi?
— Judayam.
— Mengacha hech kim bilan yurmaganmisan?
— Qasam ichib aytamanki, yurmaganman. Meni doimo avtomobilda olib yurishgan.
* * *
Ayol bolasini bog’chaga joylash uchun olib borgandi. Bog’cha mudirasi dedi:
— Kechirasiz-u, bizning bog’chaga faqat harbiylarning farzandlarini qabul qilamiz. Sizning bolangizni qabul qila olmaymiz.
— Nega qabul qilmaysiz? Mening bolam ham harbiyning bolasi. Noma’lum askardan tuqqanman!
* * *
Vrach yangi ishga kelgan hamshiradan so’radi:
— Sizmi bizning bo’limga kelgan yangi hamshira?
— Ha, men, do’xtir.
— 13- palatadagi bemordan qon oldingizmi?
— Ha, oldim. Ammo ikkinchi uch litrlik banka to’lmay qoldi.
* * *
Vrach bemorga dedi:
— Nihoyat ertaga kasalxonadan chiqasiz. Bobongiz bilan buvingizga bizning nomimizdan albatta salom ayting!
— Do’xtir, axir… Bobom bilan buvimning o’lib ketganiga 20 yil bo’ldi.
— Shuning uchun ham salom ayting deyapman-da!
* * *
Yigit ko’chadan o’tib ketayotgan qizga xushomad qilyapti:
— Yaxshi qiz, bunchayam oyoqlaringiz uzun bo’lmasa!.. Ayniqsa, o’ng oyog’ingiz!!!
* * *
Qiz dugonasiga dedi:
— Men ozishning zo’r usulini o’rgandim. Bu parhez ekan.
— Qanaqa parhez? Tushuntiribroq gapir!
— Xullas, parhezning asosiy talabi uyqu ekan.
— Qanaqasiga? Bu nima degani?
— Vaqtida uxlab qolmasang, tuni bilan ovqat yeb chiqasan degani.
* * *
Samolyotga chiqish pallasida militsioner keksa bir kampirga dedi:
— Onaxon, samolyotga hayvonlarni olib chiqish taqiqlanadi!
— Voy, bu bor yo’g’i o’yinchoq it-ku, bolam!
— Bizga zotining farqi yo’q.
* * *
Bolakay velosipedda sayr qilish uchun ko’chaga chiqib ketib, uyga «Jip»da qaytdi. Ota-onasi undan so’radi:
— Bu mashinani qaerdan olding? Qimmat turadi-ku juda!
— Sotib oldim.
— Ie, qanchaga? Kimdan?
— Ketayotsam, bir ayol mana shu mashinada kelib to’xtadi va mendan so’radi:
— Bolakay, nega velosipedda yuribsan? Mana, mashinamni ellik so’mga sotib ol!
Men sotib oldim.
Ota-ona o’sha ayolni topib so’radi:
— Siz o’g’limizga mashinangizni sotdingizmi?
— Ha, mayli, yaxshilikka minib yuraversin.
— Ie, buni qanday tushunish kerak? Axir…
— Eshitinglar, erim xizmat safariga jazmani bilan ketgan ekan. Sezib qoldim. Kecha xat yozib pul jo’natishimni iltimos qiluvdi. Mana, jo’natdim.
* * *
Amaldor o’rinbosaridan so’radi:
— Men senga bir million dollar bergandim. Nimaga sarflading?
— Metro qurdim.
— Yerni kovlab, atigi ikkitagina tramvay tushiribsan, xolos-ku!
— To’g’ri, axir, yer osti-ku!
— Vey, tramvay bo’lsa ham baribir harakatlanishi kerak-ku!
— Shuni boshida aytmaysizmi?