BI-IR KULIShMAYMIZMI?..

 

* * *

 

Ikki jinni kinoteatrda o’tirishardi. Bir mahal chiroq seki-in o’cha boshladi va jinnilarning biri sherigidan so’radi:

— Nega chiroq seki-in o’chayapti?

— Shuniyam bilmaysanmi? Kinomexanik xonasiga kirdi-da, simni tokdan seki-in sug’urib oldi.

 

* * *

 

— Xitoylik bilan yo’l patrul xodimi o’rtasida qanday o’xshashlik bor?

— Ikkoviyam tayoqchalar yordamida tirikchilik qiladi.

 

* * *

 

U haqiqiy omadsiz edi. Hatto, bir qiz bilan tanishib qolganda ham qiz unga telefon orqali shunday degan ekan:

— Yo’q, bugun ilojim yo’q. Qulog’im og’riyapti.

 

* * *

 

Erkak umrida birinchi marta samolyotda uchishi edi. O’tirgan yerida tinmay asabiylashardi. Bir mahal illyuminatordan tashqariga qaradi-da, yonidagi sherigiga dedi:

— Qarang, yuqoridan odamlar xuddi chumolidek kichkina ko’rinarkan!

— Qanaqa chumoli? Biz hali havoga ko’tarilganimiz yo’q.

 

* * *

 

Qiz:

— Bo’pti, kechki soat yettida o’sha joyda uchrashamiz. Agar kim kech qolsa…

Yigit:

— Men kutib turaman.

 

* * *

 

Dars paytida o’quvchini qarta o’ynayotganda tutib olgan muallim uning qulog’idan mahkam tortib so’radi:

— Seni nega jazolaganimni bilasanmi?

— Ha, Qirolni noto’g’ri yurib qo’yibman.

 

* * *

 

Muxbir yo’l patrul xizmati xodimidan so’radi:

— Nega tayoqchangiz ola-bula?

—   Haydovchidayam har doim pul bo’lavermaydi-ku!

 

* * *

 

Negr taksi haydovchisidan so’radi:

— Aka, vokzalgacha oborib qo’ying!

— Sening akang yovvoyi cho’chqa, bildingmi?!.

— Yuz dollar beraman.

— O’tir, uka!

 

* * *

 

Sudda.

— Sudlanuvchi, nega jabrlanuvchining boshiga kursi bilan tushirdingiz?

— Sasigan go’shtni yeb o’tirgandi. Yemagin deb urdim.

— Shundoq teskari o’girilib chiqib ketsangiz ham bo’lardi.

— To’g’ri, ammo o’zimning ham yegim kelib turgandi-da!

 

* * *

 

Bir kuni rus chukchaga dedi:

— Kel, senga topishmoq aytaman. Topolmasang, menga ming rubl berasan. Topsang, senga shuncha pul beraman.

— Kelishdik.

— Bir dona. Ichi qizil, yuzi qora va yaltiroq.

— Tyulen.

— Yo’q.

— Kiyik.

— Yo’q.

— Topolmadim.

— Bir dona kalish. Pulni cho’z.

— Endi bunisini eshit. Ikki dona. Ichi qizil, yuzi qora va yaltiroq.

— Tyulen.

— Yo’q.

— Kiyik.

— Yo’q.

— Topolmadim.

— Ikkita kalish. Pulni cho’z.

Kechasi o’tirishgandi, chukcha rusga dedi:

— Endi senga topishmoq aytaman. 1689. Ichi qizil, yuzi qora va yaltiroq.

— Tyulen.

— Yo’q.

— Kiyik.

— Yo’q.

— Topolmadim.

— 1689 ta kalish. Pulni cho’z!

 

loading…