* * *
Har juma kuni keksayib qolgan juhud badavlat bir xonadonda tekinga tushlik qilardi. Kunlarning birida u o’zi bilan yosh o’smir yigitni boshlab keldi va uni ham dasturxon qarshisiga o’tqazdi. Uy egasi undan so’radi:
— Kimni yetaklab keldingiz?
— Bu mening kuyovim. Talaba. Qizim bilan to’ylaridan so’ng bir yil davomida ularni boqishga va’da bergandim.
* * *
— Xonim, qalbingizni xuddi kitob kabi to’liq o’qib chiqishga qodirman!
— O’qiyvering! Faqat muqovasiga qo’l tekkizmang!
* * *
Xasis tanishiga dedi:
— Oshna, sen qarzingni talab qilsang, men juda xavotirga tushaman. Qarzni uzmasam, sen xavotirga tushasan. Kel, shundan ko’ra ob havo haqida gaplasha qolaylik!
* * *
Xotiningga qancha ko’p pul berma, baribir, qo’shni ayolning puli ko’p bo’lib chiqaveradi-ya! (Xotinbozning hasratidan)
* * *
Ovchi katta ayiqning terisini do’stiga ko’rsatib maqtandi. Do’sti so’radi:
— Ayiqqa qarab nechta o’q uzding?
— Yigirmata.
— Nechta o’qing tegdi.
— Bittasiyam tekkani yo’q.
— Unda ayiq nimadan o’ldi?
— Kulaverib o’ldi.
* * *
Chukchadan so’rashdi:
— Chukcha, namuncha xursandsan?
— Ko’lmak suv ichidan bitta mingtalik topib oldim.
— Ie, bugun kechasi suv muzlagandi-ku!
— Ko’cha supuradigan odamga ikki ming berib lom bilan muzni ko’chirtirdim.
* * *
Yahudiy ayol balkonga chiqib pastda o’ynayotgan o’g’liga qichqirdi:
— Hoy, o’g’lim, uyga kir!
— Oyi, men sovqotdimmi?
— Yo’q, qorning ochdi.
* * *
Erkak tanishiga dedi:
— Bir do’stimga vrach och yurishni maslahat beribdi. Shu narsa ko’p kasalliklardan odamni asrar ekan. Do’stim och yurish natijasida juda katta miqdordagi pulni ham iqtisod qilib qoldi. O’sha iqtisod qilgan puli uning dafn marosimiga, yettisiga, qirqigayam bemalol yetdi.
* * *
— Kecha meni it qopib oldi.
— Quturgan ekanmi?
— Yo’q, quturgan it bo’lsa, dumidan torttirmasdi.
* * *
Muallima o’quvchilarga dedi:
— Bugun kechqurun oy tutiladi. Albatta tomosha qilinglar. Aytishlaricha, kechki soat sakkizdan qirq daqiqa o’tganda boshlanarkan.
Shunda o’quvchilardan biri savol tashladi:
— Qaysi kanaldan ko’rsatisharkan?
loading…