BI-IR KULIShMAYMIZMI?..

 

 

* * *

 

— Azizim, meni sevasizmi?

— Sevaman.

— Yo’q, sevmaysiz!.. Ana, Zarifaning eri uni jonidan ortiq sevarmish.

— Sen qaerdan bila qolding?

— Kecha tunda erining o’zi aytib berdi.

 

* * *

 

Kvartirada telefon jiringladi. Erkak go’shakni ko’tardi va quyidagilarni eshitdi:

— Azizim, biz o’g’illi bo’ldik!

— Xudoyim-ey, qanday baxt!.. Kechirasiz, kim gapiryapti?

 

* * *

 

Ikki yengiltabiat qiz fikr almashishyapti:

— Menga qara, kecha zo’r mijozga duch keldim.

— Xo’sh, xo’sh?.. Gapirib ber-chi!

— Xullas… U tun bo’yi berilib xurrak otdi.

 

* * *

 

Gruzin ko’chada ketayotib, kelishgan bir qizni ko’rib qoldi va tanishishga qaror qildi.

— Yaxshi qiz, bugun havo yaxshi-a?

Qiz indamadi.

— Kecha havo yomon edi, yomg’ir yoqqandi.

Qiz yana indamadi.

— Yaxshi qiz, qiziq, ertaga havo qanday bo’larkan-a?

Qiz shartta orqasiga o’girilib javob qildi:

— Men-chi, fohishaman, ma’lumotlar byurosi emasman!

 

* * *

 

Yigit qizga sevgi izhor qilyapti:

— Azizam, men do’stim Jahongir kabi badavlat emasman. Chet ellarda qo’sha-qo’sha uylarim, cho’ntagim to’la dollarlarim yo’q. Lekin seni jonimdan ortiq sevaman!

— Men ham sizni sevaman… Aytgancha, o’sha Jahongir degan do’stingiz bilan tanishtirib qo’ymaysizmi?

 

* * *

 

— Bilmadim, sizning muhabbatingizni qozona olarmikanman?

— Bu o’zingizga bog’liq. Shu kungacha ancha-muncha erkaklar mening muhabbatimni qozona olgan.

 

* * *

 

Uyatchan bir yigit uyiga sevgan qizini yetaklab keldi. Qiz yomon xayolga bormasligi uchun o’zini sipo tutishga harakat qildi. Stol ustiga barcha yegulik, ichimliklarni terib chiqdi. Faqat stolga spirtli ichimlik qo’ymadi. Qiz esa sekin sumkachasidan devor soatini oldi-da, stol ustiga qo’ydi. Yigit hayron bo’lib so’radi:

— Bu nima?

— Ertalab uxlab qolib darsga kech qolmasligimiz uchun.

 

* * *

 

— Mayli, yaxshi yigit, qizimni siz bilan diskotekaga jo’nataman. Ammo bilib qo’ying, mening qizim juda tarbiya ko’rgan qizlardan. Uch kun ichida uyda bo’lishi shart!

 

loading…