* * *
Ota talaba o’g’lini urishyapti:
— Qanaqa quloqsizsan? O’qish, bilim olish o’rniga qizlarning orqasidan chopasan-a!?.
— Dada, bilasizmi…
— E, bu yerda ota menmi, senmi?
— Ikkalamiz ham, dada.
* * *
Bank xodimi mijozga dedi:
— Amerikada tog’angiz bo’lgan ekan. Olamdan o’tibdi. Sizga Vashingtondagi hovlisini, o’n million dollar pulini va sevimli itini meros qilib qoldiribdi.
— Menga qarang, o’sha iti zotdormikan ishqilib?
* * *
Ikki montyor simyog’och tepasida o’tirardi. Pastdan qari kampir o’tib qoldi. Montyorlardan biri kampirga dedi:
— Onaxon, yerdagi simni uzatib yuboring!
Kampir simni uzatdi va montyorlardan biri sherigiga dedi:
— Ko’rdingmi, «nol» ekan. Sen bo’lsang, «faza» deganing degan.
* * *
Styuardessa yo’lovchilarga dedi:
— Hurmatli yo’lovchilar! Biz barchangizni samolyotimizga chiqqaningiz bilan qutlaymiz! Bort komandiri birinchi qadahni sizlarning xavfsizligingiz va manzilga eson-omon yetib olishingiz uchun ko’taradi!
* * *
Bo’yoqchi jinnixona devorini bo’yardi. Jinnilardan biri kelib so’radi:
— Cho’tkani mahkam ushlab olganmisan?
— Ha.
— Unda men narvonni olib ketaman.
* * *
Ona besh yashar o’g’lidan so’radi:
— Xola ketyapti. Nima deyish kerak?
— Bilmasam.
— Men doim senga nima deb o’rgatardim?
— «Xayriyat, yaramas ketdi! Yana uydagi kolbasani paqqos tushirdi-ya, ochopat!»
* * *
Erkak jazmaninikiga keldi. Jazmani darrov stol ustiga noz-ne’matlarni qo’yib, erkakka dedi:
— Azizim, oshxonadagi pichoqni o’tkirlab bering!
Erkak pichoqni o’tkirlarkan, o’zicha o’yladi:
— Qiziq, men uyda hech qachon pichoq o’tkirlamaganman. Ammo negadir pichoqlar doim o’tkir bo’ladi.
* * *
Xotin eriga shikoyat qila ketdi:
— Jonimga tegdi! Kiyishga hech vaqo yo’q, hayotimiz bir xil kechyapti, mundoq u yoq, bu yoqqa dam olishgayam, aylanishgayam yubormaysiz. Asabim buzilyapti.
— Azizam, balki biron yoqqa borib dam olarsan-a?
— Voy, ha, albatta! Qayoqqa yubormoqchisiz?
— Narigi dunyoga!
* * *
Yangi boyning besh yashar o’g’li onasidan so’radi:
— Oyi, farishtalar uchadimi?
— Albatta uchadi. Nimaydi?
— Kecha dadam xizmatchi ayolni farishtam dedi.
— Shunaqami? Demak, o’sha farishtayam ertagayoq uchib ketadi.
* * *
Er-xotin do’konga kirib qimmatbaho shuba qidirishardi. Do’kon sotuvchisi so’radi:
— Nima qidiryapsizlar?
Shunda er alamdan chiqish uchun atayin tish orasidan javob qildi:
— Kuyalar uchun qimmatbaho yemish qidiryapmiz.