* * *
Bir erkakni mashinasining tezligini oshirgani uchun militsionerlar to’xtatishdi. Ular katta miqdorda jarimaga tortib, qo’liga kvitansiya tutqazishdi. Erkak ensasi qotib dedi:
— Menga kvitansiyalaringning nima keragi bor?
— Buni saqlab qo’y, — dedi militsionerlardan biri. — Shunaqa kvitansiyadan o’ntasini to’plasang, sovg’a sifatida velosiped olasan.
* * *
Stalin Beriyaga trubkasi yo’qolib qolganini aytdi. Ertasi kuni aytdiki, trubkasi topilganmish. Shunda Beriya bosh qashib turib dedi:
— Qarang-a, men shu masalada 25 kishini qamoqqa oldim. Trubka o’g’irlaganini ularning hammasi tan oldi.
* * *
Ikki qarg’a gaplashib o’tirishgandi, tepalaridan reaktiv samolyot uchib o’tib ketdi. Qarg’a sherigidan so’radi:
— Qara, bu kichkinagina qush qanday qilib tez ucha olyapti?
— Seniyam dumingni yoqib yuborishganda ko’rardik qanday uchishingni.
* * *
— Mening erim kvartira sotib olish uchun pul to’playapti.
— Ancha to’plab qo’ygandir?
— Ha, yaqinda norkali palto olib bermoqchi.
* * *
Yangi boy tanishidan so’radi:
— Aytishlaricha, cho’ntagingda shamol esarmish! Nima o’zi u? Yo shamolni o’zingga bo’ysundirdingmi?
— Yo’q, konditsionerli katmon sotib oldim.
* * *
Jinnixona bosh vrachi tekshiruvchini palatalar bilan tanishtiryapti:
— Mana bu xonada Jirinovskiy turadi. Mijozlarni chorshanba kunlari soat ikkidan beshgacha qabul qiladi. Bunisida Zyuganov yashaydi. Qabul vaqti juma kunlari soat oltidan yettigacha.
— Kechirasiz, sizlarda mabodo Jorj Bush yo’qmi? Qabul kunlarini bilmoqchi edim.
— Mening qabul kunlarim chegaralanmagan.
* * *
Bolakay uzoq vaqt urinib katta chuqur kovladi. Yo’ldan o’tib ketayotgan kampir undan so’radi:
— Bolakay, nega chuqur kovlayapsan?
— Sichqonim o’lib qoldi.
— Chuqur katta, sichqon kichkina-ku!
— E, bu chuqurni sichqonimni yeb qo’ygan yaramas mushuk uchun kovladim.
* * *
— Ideal er kim?
— Ishdan kelsa-yu, xotini uyda begona erkak bilan gaplashib o’tirgan bo’lsa, muloyimlik bilan «Sizlar bemalol gaplashib o’tiraveringlar, men hozir choy damlab kelaman» deya oshxonaga chiqib ketadigan erkak.
— Ideal jazman kim?
— Shu gapdan keyin ham ayol bilan bemalol gaplashib o’tira oladigan erkak.
* * *
Erkak do’stiga dedi:
— Yetti yashar o’g’lim bor. Maktabidan olib uyga ketayotgandim. Yo’l chetida ikki arman baland ovozda bir-biri bilan gaplashayotgandi. O’g’lim ularga uzoq termilib turdi-da, mendan so’radi:
— Dada, urush vaqtida nemislarning hammasini o’ldirishmaganmi?