BI-IR KULIShMAYMIZMI?.. 1

BI-IR KULIShMAYMIZMI?..

 

 

* * *

 

— Nega buncha xafasan?

— Xotinim meni tashlab qo’shni erkak bilan ketib qoldi.

— Xafa bo’lma. Yurib-yurib, bir kun joniga tegsa, o’zi qaytib keladi.

— Men ana shundan qo’rqaman-da!

 

* * *

 

— Nega erkaklar charm kurtka, charmdan tikilgan shim kiygan ayolni ko’rsa, yuraklari tezroq urib, tizzalari qaltirab, og’zilari quriy boshlaydi.

— Chunki, o’sha ayoldan yangi mashinaning hidi keladi.

 

* * *

 

Otchoparda poygadan avval inspektor otxonalardan biriga kirsa, murabbiy otiga nimadir berayapti.

— To’xtang, otga nima berayapsiz?

— Oddiy qand. Mana, ishonmasangiz, yeb ko’ring!

Murabbiy o’zi bitta konfetni yeb, bittasini inspektorga berdi.

Poyga boshlanishidan avval chavandozga yaqin keldi-da, dedi:

— Bilasanmi, seni hech kim quvib o’tolmaydi. Mabodo quvib o’tsa, bu yo inspektor, yo men bo’laman.

 

* * *

 

— Og’ayni, chuvalchanglarim tugab qoldi, nima qilay?

— Bir metrlik simni olgin-da, to’qqiz voltli tokka ulab yerga tiq. Chuvalchanglar o’zi chiqib kelishadi.

Erkak 9 volt o’rniga 220 voltli tokka simni ulab yerga suqdi. Birozdan so’ng sherigi so’radi:

— Xo’sh, nima bo’ldi?

— Avvaliga chuvalchanglar, keyinroq shaxtyorlar chiqib kelishdi.

 

* * *

 

— Qizlar, qizlar, menga erim elektron pochta ochib qo’ydi. Endi menga quyidagi manzilga xat yo’llayveringlar:

“Xotin. It. Hayot. Yo’q.”

 

* * *

 

Erlarga foydali maslahat:

— Hech qachon xotiningizni hammadan yaxshi deb maqtamang! Boshqa ayollar xafa bo’lishadi va erkaklar tekshirib ko’rishni istab qolishadi.

 

* * *

 

Tarixdan imtihon ketayapti.

Talabadan so’rashdi:

— Chapayev kim?

— Negrlar dohiysi.

— Nega?

— Chunki, u oqlarga qarshi kurashgan.

 

* * *

 

Kuyov qaynonasi bilan tomorqada yer chopayapti. Qaynonaning boshida kaska. Qo’shni kuyovdan so’radi:

— Nega qaynonangga kaska kiydirib qo’yding?

— Ketmonga yopishgan loyni qaerga urib tozalayman?

 

* * *

 

Tipratikon ayiq bolasidan so’radi:

— Agar burun qichisa, nima bo’ladi?

— To’yib aroq ichasan.

— Quloq qizisa-chi?

— Seni kimdir eslayotgan bo’ladi.

— O’ng kaft qichisa-chi?

— Qo’lingga pul tushadi.

— Chapi qichisa nima bo’ladi?

— Kimgadir pul berasan.

— O’ng oyoq qichisa-chi?

— Vey, tipratikon, ko’lga borib cho’milib kelsang bo’larmidi…

 

* * *

 

Erkak to’tiqushini gapirishga o’rgatayapti:

— Men yurishni bilaman.

— Men yurishni bilaman.

— Men gapirishni bilaman.

— Men gapirishni bilaman.

— Men ucha olaman.

— Aldamang.

 

 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *