BI-IR KULIShMAYMIZMI?..

 

 

* * *

 

Xotin eriga dedi:

— Manavi suratdagi odamni ko’ryapsizmi?

— Ha.

— Shuni kechki soat oltida bog’chadan olib kelasiz.

 

* * *

 

Erkak restoranga kirib birgina bo’sh qolgan stol qarshisiga o’tirgandi, ofitsiant oldiga yugurib keldi.

— Kechirasiz, bu stol band.

— Unda buni olgin-da, menga bo’shini keltir!

 

* * *

 

Ruhshunos huzuriga bir mijoz kirib kursiga cho’kdi-yu, indamay o’tiraverdi. Ruhshunos sabr bilan uning gapira boshlashini kutdi. Shu ko’yi oradan bir soat vaqt o’tdi. Mijoz birdan o’rnidan turdi-da, stol ustiga ellik dollar pul qo’yib chiqib ketdi. Ertasiga ham xuddi shu holat takrorlandi. Va bir haftagacha mijoz kelib bir soat jim o’tirgach, pul tashlab ketaverdi. Oxiri ruhshunos chiday olmadi.

— Menga qarang, balki, mendan nimanidir iltimos qilmoqchidirsiz?

— Ie, iltimos qilish mumkinmi?

— Albatta.

— Do’xtir, sizga sherik kerak emasmi?

 

* * *

 

Rus, nemis va amerikalik odamxo’rlar qo’liga tushib qolishdi. Odamxo’rlar boshlig’i ularga dedi:

— Bizda aks-sado beruvchi g’or bor. O’sha yerga kirib baqirasizlar. Kimning ovozi ko’proq aks-sado bersa, o’shani qo’yib yuboramiz, qolganlarni yeymiz.

Amerikalik qichqirdi:

— Reygan!!!

— Nemis qichqirdi:

— Gitler!!!

Rus qichqirdi:

— Og’aynilar, do’konga aroq olib kelishibdi!!!

Uning ovozi ancha vaqtgacha aks-sado berib turdi.

— Qani? Qani? Qani? Qani?

 

* * *

 

Bir yigit poliklinikaga kirib so’radi:

— Analiz topshirsam bo’ladimi?

— Ha.

— Xudoga shukr-ey, bu shaharda hojatxona topishning o’zi o’lim ekan!

 

* * *

 

Ikki do’st baliq ovlashardi. Sira ovlari yurishmadi. Shunda sherigi kutilmaganda o’rnidan turib ketdi.

— Men baliqni nima bilan tutishni bildim!

— Nima bilan?

— Tripperga qarshi dorini chuvalchang o’rniga qarmoqqa ilamiz. Zo’r bo’ladi…

Ikkinchisi yugurib dorixonaga bordi.

— Menga o’n dona tripperga qarshi dori bering!

— Ie, ilintirdingizmi?

— Yo’q, lekin ilintiradigan zo’r joyni bilaman.

 

* * *

 

— Do’xtir, men burnim bilan nafas ololmayapman.

— Og’zingizdan nafas oling.

— Rahmat.

— Menga rahmat kerakmas, o’n dollar bering!

 

* * *

 

Chukcha yangi kvartira sotib olib mehmonlarga ko’rsatyapti.

— Birinchi xonani tundraga aylantiraman. Ikkinchi xonani ham shunday qilaman. Hojatxonani dam oladigan joy qilaman.

— Ie, hojatga qaerga borasan unda?

— Tundraga.

 

* * *

 

Ikki jinni ko’prikda turib olib bahslashishayapti:

— Bu Sirdaryo.

— Yo’q, bu Amudaryo.

— Hozir tekshirib ko’ramiz.

Biri ko’prikdan pastga o’zini tashladi. Bir soatdan keyin yuzlari pachoqlangan, tilingan holda sherigining yoniga keldi.

— Xo’sh, qaysi daryo ekan?

— E, temir yo’l ekan.

 

* * *

Do’konda.

— Dadasi, menga anavi ko’ylakni olib bering!

— Yo’q, bu ko’ylak modadan qolgan.

— Unda manavisini olib bering!

— Yo’q, u hali moda bo’lmagan.