Qurigan, yorilgan va rangsiz lablar salomatdagi qanday muammodan darak beradi?

Lablarning ahvolidagi o’zgarish nima bilan bog’liq ekanligi haqida Marie Claire nashri ma’lumot berib o’tadi.

Quruq va ko’chgan lablar

Lablarning quruq va ko’chgani organizmdagi suvsizlanishni bildiradi. Gap shundaki, terisi yupqa ekani hisobiga organizmdagi suv tanqisligi birinchi bo’lib labda aks etadi. Aynan shu sabab ham labga balzam surtish o’rniga bir stakan oddiy suv ichish tavsiya qilinadi. Bundan tashqari, quruqlik qizilo’ngach va oshqozon shilliq qavatida muammo borligi, gastrit va eroziyadan darak berishi mumkin.

Lab chetlaridagi yoriqlar

Aksariyat hollarda lab chetlaridagi yoriqlarning paydo bo’lishiga gigiena qoidalariga amal qilmaslik oqibatida kelib chiqadigan turli infeksiya va bakteriyalar sabab bo’lishi mumkin. Bu, ayniqsa, breket va turli protez taqadiganlarga taalluqli.

Lab rangining o’zgarishi

Labning rangi odatdagidan qizarishi yoki oqarishi iste’mol mahsuloti bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Unday bo’lmagan taqdirda esa bu jigar yoki turli allergik reaksiyalar bilan aloqador bo’ladi.

Lablarning shishishi

Tonga lablarning shishishi organizmda suyuqlik to’plangani bilan boshqa payt esa allergik reaksiyalar bilan bog’liq bo’lishi mumkin.

Lab rangining oqarishi

Lablarning odatdagidan oqarishi quyosh nurining yetarli emasligi yoki kasallik bilan bog’liq bo’ladi. Agar boshqa simptomlar kuzatilmasa, quyosh nuri ostida sayr qiling. Boshqa hollarda esa shifokorga murojaat qiling. Negaki bu oshqozon-ichak traktida muammo borligidan darak berishi mumkin.

Lab chetlarida yoriqlarning paydo bo’lishi

Lab chetlarida yoriqlarning paydo bo’lishi B2 vitaminining yetishmasligi va immunitet susayganidan dalolat berishi mumkin. Sabzavot va barra mevalarni iste’mol qilishni kanda qilmang.

Sezuvchanlikning ortishi

Sezuvchanlikning ortishi, qizarish va zo’riqishlarga allergiya sabab bo’lishi yoki bu gigienik vositalarning qo’zg’atishi bilan bog’liq bo’lishi mumkin.

marieclaire.ru