Go'zallik uchun foydalansa bo'ladigan tabiiy mahsulotlar

Yuzga niqob va piling qilishi zaruriyati paydo bo’lsayu uyda bu kabi vositalarni topish imkoni mavjud bo’lmaganda qaysi mahsulotlar ulardan kam bo’lmagan samara berishi haqida ma’lumot berib o’tamiz.

Avokado

Go'zallik uchun foydalansa bo'ladigan tabiiy mahsulotlar

Avokado nafaqat qorinni to’q tutishi, balki katta miqdordagi vitaminlarning koni ekani bilan ham o’ziga xosdir. Unda yog’ kislotalari, A, B, E va C guruhi vitaminlari, shuningdek, antioksidantlar, omega-6 va boshqa ko’plab mikroelementlar mujassam bo’ladi. Yoshartiruvchi, bitkazuvchi hamda namlantirish xususiyatiga ega bo’lgan avokadodan yuzga niqob qilsa ham bo’ladi. Uni asal va banan bilan aralashtirib, yuzga surtish va biroz vaqtdan keyin iliq suv bilan yuvib tashlashingiz mumkin. Natija sizni uzoq kuttirmaydi.

Kokos yog’i

Go'zallik uchun foydalansa bo'ladigan tabiiy mahsulotlar

Kokos yog’i kosmetikada foydalanish mumkin bo’lgan eng yaxshi mahsulotlardan biri sanaladi. Teri va sochni a’lo darajada namlantirgani sabab ham undan ishlab chiqarishda samarali foydalaniladi. Uni terining istalgan qismiga ikkilanmasdan surtish mumkin, ammo sochlar bilan ehtiyotkor bo’lgan yaxshi. Uning konsistetsiyasi tufayli soch yog’lanishi va kirga o’xshab qolishi mumkin.

Aloe

Go'zallik uchun foydalansa bo'ladigan tabiiy mahsulotlar

Aloe nafaqat teri va soch, balki butun organizm uchun ham foydali. U teri rangini yaxshilaydi, namlantiradi va tarang ko’rsatadi, yallig’lanishlarni bartaraf qiladi va hatto ultrabinafsha nurlaridan ham himoya qiladi. Undan kosmetik maqsadda foydalanish juda ham oson: toza terini o’simlik bargi bilan artish va 20 daqiqaga qoldiring suv bilan yuvib tashlash kifoya.

Limon

Go'zallik uchun foydalansa bo'ladigan tabiiy mahsulotlar

Kosmetikada limon poralarni tozalash, yog’ va yaltirashlarni bartaraf qilib, chandiqlarni bitirish maqsadida foydalaniladi. Qolaversa, uning yordamida teri rangini tiniqlashtirib, sog’lomlashtirishga erishish mumkin. Buning uchun limon bo’lagi bilan yuzni artib, 20 daqiqadan keyin yuvib tashlash kifoya.

Bodring

Go'zallik uchun foydalansa bo'ladigan tabiiy mahsulotlar

Bodringdan faqat iste’mol maqsadida foydalanish mumkin deb o’ylaganlar yanglishadi. Uni bilan terini tetiklashtirishdan tashqari, yordamida uy sharoitida piling qilsa ham bo’ladi. Buning uchun maydalangan suli yormasiga bodring qo’shing. Yuzga surtgandan keyin biroz muddat o’tib yuvib tashlasangiz bo’lgani.