Olimlar fikricha, tana a’zolarining zaxiradagi imkoniyatlardan foydalanish ko‘rsatkichi yosh o‘tgan sari kamayib boradi. Lekin bardam va tetik holda uzoq umr kechirish hammaga ham nasib etavermaydi. Oramizda ko‘p umr ko‘radigan qabila va elatlarning borligi esa boshqalar ham mana shunday muvaffaqiyatga erishishi mumkinligidan dalolatdir. Xo‘sh, buning uchun nima qilish kerak?

Uzoq umr kechirishga ahd qilganlar, avvalo, ma’lum narsalardan o‘zini tiyishi, cheklashi zarur (masalan: ovqatni ko‘p yeyish, suv,  kisloroddan ham tejab foydalanish, turli ortiqcha xabar va ma’lumotlarni qabul qilmaslik). Axir insonning tana a’zolari o‘z zaxirasini harakatga tushirishi, ularni to‘laqonli ishlatishi ham kerak-ku. Bunday o‘ziga xos treningni o‘tkazish uchun quyidagi usullardan foydalanish samaralidir.

 

Uzoq umr ko‘rishni istaysizmi? Buning siri juda ham oddiy!

Shifobaxsh ochlik

Bu usulni qo‘llagan kishi o‘z xohishi bilan ma’lum muddatga ovqatlanishdan voz kechadi. Maqsad — tananing ichki oziqlanishga o‘tishi uchun ko‘maklashish, ya’ni bir vaqtlaro‘zlashtirilgan va “tokchalarga taxlangan” ozuqa moddalaridan foydalanishdir. Qoidaga ko‘ra, ularning kelgusida moddalar almashinuvida ishtirok etishida unchalik ko‘p kuch sarf bo‘lmaydi. Tanada “o‘lik yuk” bo‘lib yotgan zaxiralar a’zolarga xizmat qilmog‘i joiz. Dozali och qolishda istalgan natijaga erishish uchun toza suv ichishga ruxsat etiladi. Choy, qahva, sharbat va boshqa shu kabi ichimliklar taqiqlanadi.

Ochlik vaqtida tana a’zolarimjuda kuchsizlanib, zaiflashib qolmoqda, degan xavotirni miyadan butunlay chiqarib tashlash lozim. Tadqiqotlardan ma’lumki, u qadar uzoq davom etmagan ochlik (24 yoki 36 soat) holatida tana barcha ehtiyojlarini ichki zahiralar hisobiga qondiradi, bu hatto odatdagi ovqatlanishdan ham foydaliroqdir.

 

Uzoq umr ko‘rishni istaysizmi? Buning siri juda ham oddiy!

“Quruq” och qolish

Mazkur muolaja davomida faqat ovqatdan emas, suyuqlikdan ham voz kechib turishga to‘g‘ri keladi (huddi ro‘za tutgan kabi). Odatda inson tanasida yog‘lar oksidlanishi natijasida 400 ml suv hosil bo‘lsa, “quruq” och qolishda yanada ko‘proq suyuqlik ishlab chiqarilib,tanani suvsizlanishdan asraydi. Tanani ichki rezervlardan foydalanishga bu tartibda majbur qilish organizmning suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda dozali och qolishdagi kabi uzoqqa cho‘zilmaydi. Masalan, inson qulay haroratda, xotirjam holatda o‘n kungacha suvsizlikka dosh bera oladi.

“Quruq” och qolish usulini tanlagan kishini cho‘lu biyobonlardagi tuyaning holatiga o‘xshatish mumkin. Tuya ham biror qultum suv ichmay, tuz totmay to barcha yog‘ zaxiralarini sarflamagunicha sahrolarda yuraveradi. Bizning zaxiralarimiz esa ortiqcha yog‘lar, aterosklerotik toksinlar va boshqa foyda keltirmaydigan “chiqindi”lardan iborat. “Quruq” ochlik muolajasida shu “chiqindilar”dan xalos bo‘lamiz. Bundan tashqari, “quruq” och qolishda tana tiklanish, regeneratsiya holatida bo‘ladi. Yana insonning qarish, keksayish jarayoni ham sezilarli darajada sustlashadi.

Odatda dastlabki uch-to‘rt marta och qolishlardan so‘ng keyingi muolajalar yaxshi o‘tadi. Tana a’zolari tartibga shu qadar moslashadiki, bu odatdagi hayot tarziga salbiy ta’sir etmaydi va hech qachon noqulaylik tug‘dirmaydi.

Uzoq umr ko‘rishni istaysizmi? Buning siri juda ham oddiy!

Kisloroddan och qolish

Ilmiy til bilan aytganda bu gipoksiya, deb atalib, tanada kislorod yetishmay qolgan paytda paydo bo‘ladi. Kislorodning to‘la tanqisligi tuzatib bo‘lmaydigan oqibatlarga, hatto o‘limga ham olib kelishi mumkin. Biroq kislorod yetishmasligi tufayli xunuk oqibatlar kelib chiqmasligi uchun ko‘pincha kisloroddan och qolish jarayoni boshlangandanoq kuchli antigipoksik himoya tizimini ishlab chiqadi.

Bu tizim ishga tushishi bilan qisqa muddatli kisloroddan och qolishda yurak tez-tez, kuchli ura boshlaydi va ko‘proq qon haydaydi. Qon kelishining kuchayishi hisobiga kislorod yetishmovchiligini ko‘proq his qiladigan miya, o‘pka va boshqa hayot uchun muhim a’zolar tomirlari kengayadi. Antigipoksik tizim tanani kam miqdorda kislorod tushishiga moslashuvini ta’minlaydi. Uzoq payt kisloroddan och qolishda: o‘pka to‘qimasining og‘irligi, eritrotsit (qondagi qizil tanachalar) miqdori ortadi, kislorodsiz energiya almashinuvi faollashadi va gormonlar ishlab chiqarilishi ko‘payadi.

Ma’lumki, keksalikda tanada qon aylanishi sustlashadi, hosil bo‘ladigan gormonlar miqdori ham kamayadi. Mazkur energetik jarayonlarni antigipoksik tizimni ishga tushirish yo‘li bilanbir zaylda ushlab turish mumkin. Tizim doimo ishga shay turishi uchun inson tanasini vaqt-vaqti bilan sun’iy ravishda kisloroddan och qoldirib turish kerak. Qanday qilib?

Hind yogalarining “kevali-kumbhaka” degan mashqi bor. Bu “mutlaq tinch pauza” degan ma’noni anglatadi. Ushbu mashqda mushaklar maksimal darajada bo‘shashib, nafas olish butunlay to‘xtatiladi. Pauza bunday holatda qancha tura olishga qarab cho‘ziladi. Bu mashq kuniga bir necha marta takrorlanadi.

 

Uzoq umr ko‘rishni istaysizmi? Buning siri juda ham oddiy!

Ortiqcha ma’lumotlardan saqlanish

Mazkur holatda kishi biror narsani o‘ylab topishi va sun’iy yo‘lni qo‘llashi shart emas. Tabiatning o‘zi bizni uyqu yo‘li bilan tabiiy ravishda, o‘z vaqtida axborotdan och qolishimizni ta’minlaydi. Inson uxlayotganda tashqi olamdan keladigan ma’lumotlarni qabul qilishi maksimal darajada chegaralangan. Shu bois uxlayotganda ko‘rmaymiz, eshitmaymiz, hidlarni sezmaymiz. Uyqu payti terimiz ham biror narsani sezmaydi, ta’m bilish retseptorlarimiz dam oladi.

Tana zaxira imkoniyatlarining bunga nima aloqasi bor, degan savol tug‘ilishi mumkin. Gap shundaki, miya uyqu vaqtida ham o‘z faoliyatini to‘xtatmaydi. Miyaning vazifasi — ma’lumotlarni qayta ishlash, ularni saqlab, uzatishdir. Shu tufayli tashqaridan ma’lumotlar kelmayotgan va ularning kelishi chegaralanganda miya zaxiradagi ma’lumotlarni qayta ishlashi uning jadal faoliyatidan dalolat beradi. Sodda qilib aytganda, siz uxlayotganda ham miyangiz muammolarni hal qilishda davom etadi. Aksariyat buyuk ixtirolar uyqu vaqtida yuzaga kelgani ham tasodif emas.

Bizdan talab qilinadigani zaxiradagi ma’lumotlarni qayta ishlashi uchun miyaga yaxshi sharoit yaratib berishdir. Ya’ni, inson to‘laqonli, normal uxlash sharoitini yaratishi joiz. Buning uchun yaxshi shamollatilgan, qorong‘i, shovqin eshitilmaydigan, tinch, qulay, harorati va havosining namligi ham me’yorida bo‘lgan yotoq va to‘shak kerak.

Ma’lumotlardan saqlanishning yana bir imkoniyati bor. Bu odamlardan vaqtinchalik xoli qolishdir. Ayniqsa, ma’lum muddat tog‘ yoki o‘rmondagi kulbada yolg‘iz dam olish, dengiz bo‘yida sayr qilish, bir necha kun davomida sokin hayot kechirish juda foydali. 

Uzoq umr ko‘rishni istaysizmi? Buning siri juda ham oddiy!