Kumush ilk bor taqinchoq emas, balki antiseptik xususiyatga ega dori vositasi sifatidati bbiyotda qo‘llanila boshlagan. Buning isboti esa tarixda ham o‘z aksini topgan. Masalan, Rim jangchilari kumush tangachalardan turli yaralarning bitishida foydalangan bo‘lsalar, Hindistonliklar uni oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda qo‘llashgan. Keyinchalik insonlar kumushdan turli idish-tovoqlar yasab, ularda suv saqlashgan. Ushbu suvdan kundalik hayotda foydalanganlarida o‘zlaridagi ko‘plab kasalliklardan xalos bo‘lishgan.
Xalq tabobatida asosan, kumush bilakuzuk baland haroratni tushirishda qo‘llaniladi. Kumush ziraklar esa miya faoliyatini yaxshilab, fikrni bir joyga jamlashga yordam beradi. Kuchli aqliy mehnatdan so‘ng, kumush tangacha yoki undan yasalgan kulon peshona o‘rtasiga qo‘yilsa, ko‘zlarni toliqishdan xalos etib,bosh og‘rig‘ini yengillashtirish xususiyatiga ega. Kumush uzuklarga kelsak, ularni chap qo‘lning nomsiz barmog‘iga taqib yurgan ma’qul, shunda ular yurak urishini yaxshilaydi. Bundan tashqari yurtimiz tabobatida kumush qo‘shilgan dorilardan ham keng foydalaniladi. Birgina protorgol (kolloid kumushi qo‘shilgan) dori vositasining o‘zi nafas yo‘llarini davolash hamda mikroblarni o‘ldirish xususiyatiga ega. Ayniqsa, Renit kasalligida bu doridan foydalanish ancha samarali.
Kumush suvi haqida bilasizmi?
Kumush suvi tabobatda isbotlangan dori vositasi bo‘lib, u har xil virusli hamda infeksion kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi. Kumush suvini oshqozon-ichak buzilganda ichish hamda og‘rigan tomoqni chayish yo‘li bilan davolash mumkin. Eng muhimi, u organizmni yoshartirish va mustahkamlash xususiyatiga ega. Har kuni tishlarni kumush suvi bilan chayish va haftada bir marta kumush suvida vanna qabul qilish teri kasalliklarini davolash hamda bartaraf etishda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, bir kunda bir stakan kumush suvi iste’mol qilish immunitetni oshirib, organizmni sog‘lomlashtiradi. Xo‘sh, sizda ,,Ko‘plab xususiyatlarga ega bo‘lgan kumush suvini qayerdan topish mumkin” -degan savol tug‘ildimi? Hech bosh qotirmang. Buni uy sharoitida tayyorlashning ikkita usuli mavjud:
1-usuljuda oson hamda qulay. Ya’ni, kumush kosaga oddiy suv solinib, bir necha soatga tindirib qo‘yiladi. Yoki 0,5 litr buloq suviga biron bir kumush taqinchoq uch kunga solib qo‘yiladi.
2-usul esa biroz murakkab va bunda maxsus elektr asbob ,,ionatrom” ishlatiladi. Bunda kumush elektrodlar suvga solinadi va doimiy elektr tok yurganda suvda eriydi keyin esa suvni kumush ionlari bilan boyitadi.
Kumush taqinchoqlarning qorayishi nimadan darak?
Kumushning qorayishiga yurak, oshqozon va nafas olish tizimidagi muammolar yoki insonlardagi qo‘rquv hamda yomon kayfiyat sabab bo‘ladi. Kumush ba’zida oqarib ketishi ham mumkin. Amerikalik olimlarning aniqlashicha, bu holat buyrakda biror muammo borligidan nishonadir.