Misol uchun sitrus mevalar po‘chog‘idan pazandachilik sohasi uchun sedra sifatida, mebellarni tozalash va tabiiy niqoblar qilishda ham foydalansangiz bo‘ladi.
Ularni tozalash esa haddan tashqari oson. Buning uchun mevaning ustki qismini yuvib, quritasiz-da, kukun shakliga keltirib maydalaysiz. Endiesa hosil blgan kukunni maxsus idish yoki banka ichiga solib qo‘ysangiz bas. Uni yil davomida turli maqsadlar uchun qo‘llasangiz bo‘ladi.
1. Sitrusli sirka
Sitrusli sirka uy bekalari orasida mashhur vosita bo‘lib, uning yordami bilan uydagi turli jihozlar yuzasini osonlikcha tozalab olsangiz bo‘ladi. Ekologik jihatidan toza, tarkibida hech qanday zararli qo‘shimchalar bo‘lmagan va xushbo‘y iforga ega bo‘lgan mazkur vositani tayyorlash uchun mandarin po‘chog‘i ustiga oddiy sirka quyish va uni bir hafta davomida tindirish lozim. Endilikda aralashmani maxsus dozatorli idish ichiga solib qo‘ygancha tozalik ishlariga kirishsangiz bo‘ladi.
2. Limon bilan taxtakachni tozalash mumkin
Limon har qanday yoqimsiz hidni nari ketkazishi haqida bilsangiz keprak. Odatda taxtakachlar baliq hamda piyoz maydalangandan keyin yoqimsiz hidga ega bo‘lib qoladi. Bunday vaziyatda uning yuza qismiga tuz sepib, yarimta limon bo‘lagi bilan tozalang.
3. Mazali retseptlar uchun sitrus sedrasi
Odatda sedrani shirinliklar tarkibiga qo‘shadilar, bu uning mazasini ikki karra oshirish va mayinlashtirish uchun yordam beradi. Ammo sedrani boshqa usullarda ishlatish ham mumkin. Misol uchun kukun shaklida maydalangan sedrani tuz va murch bilan aralashtirsangiz, ovqatlar uchun o‘tkir ta’mli ziravorlar omuxtasi tayyor deyavering.
Bundan tashqari sitrus kukunini istalgan turdagi ichimliklar, jumladan damlangan choy ichiga ham qo‘shsa bo‘ladi.
4. Sitrus po‘stloqlari go‘zal bo‘lish borasida ham ko‘mak beradi.
Odatda limon po‘stlog‘ini tishlarni oqartirish uchun ishlatadilar. Buning uchun uning kukunini tish pastasi ustiga sepish kerak. Yangi po‘stloqning ichki qismi bilan tishlarni yaxshilab tozalash esa ularning yaltirab ketishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari u tishlardagi sariq rangli qatlamni yo‘qotadi ham.
Bundan tashqari sitrus mevalar po‘stlog‘i yuz terisini tozalash, poralarni kichraytirish va yallig‘lanishning oldini olishda ham juda foydalidir. Buning uchun paxtali diskni limon sharbatida namlab olgancha u bilan yuz terisini tozalab olasiz. Istasangiz, sitrus meva po‘stloqlarining ichki qismi bilan yuzni artib, undan niqoblar qilsangiz ham bo‘ladi. Sitrus mevalar teri holatini tetiklashtirib, uning cho‘ziluvchan va tekis bo‘lishi uchun yordam beradi.