Biz esa libos va aksessuarlar borasida faqatgina o‘z didingizdan kelib chiqib ish ko‘rishni maslahat beramiz. Garderobda shunday liboslar ham bo‘ladiki, ular hech bir qizni chiroyli ko‘rsatmaydi, aksincha qo‘pol, kulguli va hunuk ko‘rinishi uchun sabab bo‘ladi.Ushbu liboslarning aynan nima ekanligini bilish uchun mazkur maqolamizga diqqat qiling.

Tor maykalar

Hech bir qizga yarashmaydigan 11 libos va aksessuarlar antireytingi

Torbichimli maykalar yelkalarni vizual holatda kengaytirib, tanadagi bukchayish va yelkalardagi kichik kamchiliklarga urg‘u berib qo‘yadi. Shu sababli mazkur turdagi liboslarni faqatgina sport zallari uchun olib qo‘ying. Aslida ushbu bichimdagi maykalar aynan sport bilan shug‘ullanish uchun ishlab chiqilgan. Kundalik obrazlar uchun esa oddiy, qulay va erkin bichimli maykalar tanlaganingiz ma’qul. 

Yoshi katta ayollarga hos ko‘ylaklar

Hech bir qizga yarashmaydigan 11 libos va aksessuarlar antireytingi

 

Bu kabiko‘ylaklar orasida tushunarsiz rang va g‘alati bichimga ega bo‘ladi, uni turli-tuman kamarlar, mayda munchoqlar bilan bezashadi, did degan narsadan esa asar ham bo‘lmaydi. Bu kabi ko‘ylaklar insonni chiroyli va nazokatli ko‘rsata olmaydi, faqatgina e’tibordan chetda qolish uchun sabab bo‘ladi. Umumiy qilib aytganda, ularni kiygandan ko‘ra, umuman sotib olmagan ma’qul.

Zamonaviy liboslar orasida katta yoshli ayollar uchun ham chiroyli ko‘ylaklar bichimi yetarlicha. Bu o‘ziga hos bichimdagi ko‘ylaklar (misol uchun burmali ko‘ylaklar), printli va bir hil rangdagi, chiroyli aksessuar bilan to‘ldirilgan liboslar bo‘lishi mumkin.

Fatindan tikilgan shaffof yubka

Hech bir qizga yarashmaydigan 11 libos va aksessuarlar antireytingi

Bu kabi hajmdor yubkalarni turli bazmlar, o‘tirishlar va o‘smir pop-yulduzlarining musiqaviy konsertlariga kiyish mumkin. Kundalik hayotda esa ular juda kulguli ko‘rinadi. Bundan tashqari fatinli yubka sizga hajmdor bo‘lib ko‘rinsa ham, qomatni semizday ko‘rsatadi. Uning o‘rniga esa gofre matosidan tikilgan, turli uzunlikdagi trapetsiya yubkalarini tanlash mumkin-ku!

Belbog‘ qismi yuqorida bo‘lgan ko‘ylaklar

Hech bir qizga yarashmaydigan 11 libos va aksessuarlar antireytingi

Aksariyat qiz va ayollar belbog‘ qismi yuqorida bo‘lgan ko‘ylaklar qorin sohasidagi ortiqcha santimetrlarni berkitishi mumkin degan fikrdalar. Ammo libosni kiyib ko‘rgach, u mutlaqo aksincha ta’sirga ega ekanligi, qorinni berkitishi emas, uni yanada semizroq ko‘rsatishini yaqqol bilasiz.

Ortiqcha kilogrammlarni berkitish uchun o‘ta tor bo‘lmagan va qalinroq matodan tikilgan ko‘ylak tanlasangiz kifoya. Belbog‘ qismi rezinka bilan ishlangan ko‘ylaklar esa bel sohasiga urg‘u berib turadi. 

Naqshinkor kolgotka

Hech bir qizga yarashmaydigan 11 libos va aksessuarlar antireytingi

Kolgotka tanlash borasida o‘zingizga ma’qul bo‘lgan rangni tanlashingiz mumkin, ammo turli naqshlarga ega bo‘lgan turini emas! Naqshinkor va gulli kolgotkalar pank-rok, glem-rok uslubdagi obrazlargagina mos keladi. Ish uslubidagi yoki casual obrazlariga ilova qilingan gulli kolgotka juda hunuk ko‘rinishi aniq. Bir hil ko‘rinishdagi, oddiyroq kolgotka tanlab hech qachon yutqazmaysiz, ishonavering.

Baland platformali krossovka

Hech bir qizga yarashmaydigan 11 libos va aksessuarlar antireytingi

Buturdagi krossovkalarda qulaylik degan tushunchadan asar ham yo‘q, qolaversa uni tanlab chiroyli ko‘rinish haqida orzu ham qilmang. Bu kabi poyabzal har qanday oyoqni qo‘pol ko‘rsatadi va kulguli ko‘rinishingiz uchun sabab bo‘ladi. Klassik uslubdagi krossovka va kedalar esa barchasidan yaxshi, ularni turli-tuman obrazlar yaratish uchun qo‘llash mumkin.

"Kapalak" yenglar

Hech bir qizga yarashmaydigan 11 libos va aksessuarlar antireytingi

«Kapalak» yenglar har qanday qomat sohabasini hunuk ko‘rsatishi turgan gap. Ular yelkalarni kengroq ko‘rsatadi, qo‘llar harakatiga halal beradi, bir so‘z bilan aytganda juda qo‘pol ko‘rinadi. Ko‘p holatlarda trikotaj liboslarida bu kabi yenglar burmali yoqa bilan uyg‘unlikda tikiladi. U esa vaziyatni yanada og‘irlashtirib yuboradi. Bu turdagi yengli liboslar o‘rniga mazkur mavsumda urfga kirgan oversize uslubidagi sviter tanlasangiz ko‘proq yutasiz. 

"Lola" bichimli yubka

Hech bir qizga yarashmaydigan 11 libos va aksessuarlar antireytingi

«Lola»bichimli yubka garderobning eng ommabop liboslaridan biri. Ammo u bo‘ksa sohasini kattaroq ko‘rsatib, og‘zin qizlarning ham semizdek ko‘rinishi uchun «yordam beradi». Agar yubka tanlayotgan qiz to‘laroq bo‘lsa ushbu bichimdan butkul voz kechgani ma’qul. «Qalamcha» uslubidagi yubkalar esa universal variant hisoblanadi. 

Gladiator-sandallar

Hech bir qizga yarashmaydigan 11 libos va aksessuarlar antireytingi

Gladiator-sandallar oyoqlarni shunchalar hunuk va bachkana ko‘rsatadiki, asti qo‘yaverasiz. Buobrazning hunuk bo‘lishi va kulguli ko‘rinishi uchun sabab bo‘ladi. Bundan tashqari tizzagacha bo‘lgan bog‘ichlar ko‘plab liboslar bilan mos tushmaydi. Uning o‘rniga esa kichik kamarchaga ega bo‘lgan, faqat to‘piq qismini ushlab turadigan bosonojka yoki espadrili tanlaganingiz ma’qul. 

Yupqa trikotaj matosidan tikilgan tor ko‘ylaklar

Hech bir qizga yarashmaydigan 11 libos va aksessuarlar antireytingi

Bu kabimatodan tikilgan liboslar hech bir qizni chiroyli qilib ko‘rsatmaydi. Uning tuzilishi yupqa bo‘lgani sabab qomatdagi ortiqcha kilogrammlar yaqqol ko‘zga tashlanib qoladi. Shu sababli bir qoidani yodda tuting: Tor libos tanlasangiz, uning matosi qalin, trikotaj matosidan tikilgan libos tansangiz uning bichimi erkin bo‘lishi kerak.

Yo‘l-yo‘l chiziqli tor shim

Hech bir qizga yarashmaydigan 11 libos va aksessuarlar antireytingi

Bu kabi modellar faqatgina juda ozg‘in qomatli qizlarga yarashadi, shunda ham kamdan-kam holatlardagina chiroyli ko‘rinishi mumkin. Keng bo‘ksa va to‘piqlar yanada semizroq ko‘rinadi, kamchiliklar bir deganda ko‘zga tashlanadi.Yo‘l-yo‘l chiziqli matodan libos kiymoqchi bo‘lsangiz, kengroq bichimlarga diqqat qarating.