Xellouin bayrami arafasida Qozog’istondagi “ForteBank” nomli bank sharpalar uchun arvoh-bankomat o’rnatdi. U aynan narigi dunyo vakillari uchun xizmat qiladi.

Bankdagilar hozir ko’chalarda arvohlar izg’ib yurganiga ishonishadi va ularda pulni yechib olish bilan bog’liq muammo yuzaga kelishini istashmaydi.

Bankomat joylashtirilgan uy tasodifan tanlanmagan – bu joy Olmataning eng mistik hududlaridan biri hisoblanadi. Shaharda urchib ketgan ma’lumotlarga ko’ra, sharpalar bir necha yil avval bu yerda qurilish qilayotgan ishchilarni turli yo’llar bilan qo’rqitishgan. Hatto hozir ham ularning ishlariga vaqti-vaqti bilan halaqit berib turishadi.

Mazkur kampaniya “RA Kombinat” tomonidan moliyalashtirildi.

Ozoda Halimova