O’tmish va kelajakda bo’lib qaytganlar xususida internetda juda ko’p videolar tarqalgan. Bu galgi vaqtlararo sayohatchi Finlyandiyada istiqomat qiluvchi Xloe ismli ayol. U zo’r berib 6000 yilda bo’lib qaytganini ta’kidlamoqda. Va u yerdan Yerda million yil avval-dinozavrlar davrida yetishtirilgan va keyinchalik yo’qolib ketgan o’simlikni ko’tarib keldi. Ayolning so’zlariga ko’ra, bu o’simlik kelajakda gen injeneriyasi yordamida qayta yetishtirilgan ekan. Xloe o’simlikning nomi Roklorulo ekanligini ta’kidladi.

Finlyandiya fuqarosi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi xodimasi ekan va 6000 yilga bir guruh olimlar bilan birga yuborilgan ekan. Ayol kelajakda osmonda uchib yuradigan butun boshli megapolislar, uchar mashinalar va osmono’par binolarni ko’ribdi. Hamma joy yam-yashil emish — o’t-o’lanlar, gullar va daraxtlar.

Xloening so’zlariga ko’ra, Yura davri Parki hali yaratilmaydi. Bu hol 4529 yilda ro’y beradi. O’shanda ham bu kaltakesaklar faqat hayvonot bog’i va jungli hamda savannalarda uchraydi, xolos.

Ayrim kommentatorlar Xloening so’zlariga ishonishdi. Boshqalari esa mo»jiza-o’simlik plastikdan yasalgan degan fikrdalar.

Ozoda HALIMOVA