«PSJ» hujumchisi Lionel Messi klub va uning o’rtasidagi so’nggi kunlarda yuz bergan voqealar bo’yicha video murojaat yo’lladi.
35 yoshli argentinalik yulduz yakshanba kungi «Loryan»ga qarshi o’yindagi mag’lubiyatdan (1:3) keyin klub ruxsatisiz Saudiya Arabistoniga safar qilgach, «PSJ» tomonidan ikki haftaga mashg’ulotlardan chetlatilgandi.
«O’yindan keyin bizga odatdagidek dam olish kuni beriladi, deb o’ylagan edim. Saudiyaga safarni men tashkil qilgandim va buni bekor qila olmasdim. Chunki bungacha bir marta bekor qilib bo’lgandim.
«Jamoadoshlarimdan uzr so’rayman va klub bu masalada menga nisbatan qanday qarorga kelishini kutaman», – deydi argentinalik hujumchi video murojaatida.
Izohlarni ko`rish