O'zbekiston – chempion!!! Barakalla, yigitlar!

Futbol bo’yicha 20 yoshgacha bo’lgan o’yinchilar o’rtasidagi Osiyo Kubogi—2023 finalida O’zbekiston yoshlar terma jamoasi 18 mart, shanba kuni Iroqqa qarshi o’yin o’tkazdi.

Uchrashuvning 30-daqiqasida Rahmonaliyevning uzatmasidan so’ng Abbosbek Fayzullayev raqib darvozasini ishg’ol qildi. Biroq, hakam o’yindan tashqari holat tufayli golni bekor qildi. Jamoalar tanaffusga durang natija bilan yo’l oldi.

Ikkinchi bo’limda iroqliklar ham jonlandi. 65-daqiqada Abdulqodir Ayyub darvoza tomon zarba berdi. Ammo o’zbekistonliklar posboni Otabek Boymurodov seyv amalga oshirib, jamoani goldan qutqarib qoldi. 72-daqiqada Abbosbek Fayzullayev ishlagan penaltini Umarali Rahmonaliyev aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.

O’yinning qolgan daqiqalarida gol urilmadi va O’zbekiston yoshlari Osiyo Kubogi sohibiga aylandi.