Muxlislarga XXI asrda o'tkazilgan qaysi JCh eng ko'p yoqqani ma'lum bo'ldi

Amerikaning BBC News telekanali futbol muxlislari o’rtasida XXI asrda qaysi jahon chempionati ularga ko’proq yoqqanligi haqida so’rov o’tkazdi.

Katta farq bilan birinchi o’rinni ikki hafta oldin Qatarda yakunlangan chempionat egalladi.

2022 yilgi jahon chempionati uchun respondentlarning 78 foizi ovoz bergan. Muxlislar tomonidan eng yomon turnir sifatida 2010 yilda Janubiy Afrikada bo’lib o’tgan jahon chempionatini topildi.

XXI asrdagi jahon chempionatlari reytingi:

Qatar – 78%

Yaponiya va Janubiy Koreya 2002 – 6%

Braziliya 2014 – 5%

Germaniya 2006 – 4%

Rossiya 2018 – 4%

Janubiy Afrika 2010 – 3%