«Education City Stadium»da o’tgan uchrashuvda ko’pchilik braziliyaliklarning ustunligini kutgan bo’lsa-da, xorvatlar tengma-teng o’yin namoyish eta olishdi. Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmagach, jamoalar ekstra-taymlarga o’tishdi.
Nihoyat, 105+1-daqiqaga kelib Neymar ajoyib hujumni chiroyli tarzda yakunlab, stadionni larzaga keltirdi – 1:0. Qayd etish joiz, bu gol bilan Neymar milliy jamoadagi gollari soni bo’yicha Pelega tenglashib oldi – 77ta.
Ammo 117-daqiqaga kelib Petkovich xorvatlarning javob goliga mualliflik qilib, jamoalarni penaltilar seriyasiga taklif etdi – 1:1.
Penaltilar seriyasida esa Livakovich yana qahramonga aylandi. U Rodrigoning zarbasini qaytardi, so’nggi zarbada esa Markinos darvoza ustunini nishonga oldi.
Shu tariqa, Xorvatiya JCh-2022ning dastlabki yarimfinalchisiga aylandi. Ular avvalgi bosqichda ham penaltilar seriyasida yaponlardan ustun kelishgandi.
JCh-2022. 1/4 final. 9 dekabr
Xorvatiya – Braziliya 1:1. Penaltilar seriyasi: 4:2
Gollar: 0:1 – 105 Neymar, 1:1 – 116 Petkovich.
Xorvatiya – Livakovich, Yuranovich, Lovren, Gvardiol, Sosa (Budimir, 110), Modrich, Kovachich (Maer, 105), Brozovich (Orshich, 114), Perishich, Pashalich (Vlashich, 72), Kramarich (Petkovich, 72).
Braziliya – Alisson, Militao (Aleks Sandro, 105), Tiago Silva, Markinos, Danilo, Kazemiro, Lukas Paketa (Fred, 105), Neymar, Risharlison (Pedro, 84), Rafinya (Antoni, 56), Vinisius Junior (Rodrigo, 64).
Ogohlantirishlar: Danilo (25), Brozovich (31), Kazemiro (68), Markinos (77), Petkovich (117).