Quddusda bo’lib o’tgan FIDE jamoalari o’rtasidagi jahon chempionatida faxrli 2-o’rinni qo’lga kiritgan O’zbekiston terma jamoasi a’zolari O’zbekistonga qaytishdi. Chempionlarni Toshkent aeroportida kutib olindi.
Eslatib o’tamiz, Quddusda bo’lib o’tgan final bahsida O’zbekiston terma jamoasi 2.5 – 1.5 hisobda Xitoyga imkoniyatni boy berdi. O’yin taqdirini Vohidovning Jinshi Bayga qarshi mag’lubiyati hal qildi. Qolgan 3 ta jamoa a’zolari orasidagi o’yinlar durang natija bilan yakunlandi.
Izohlarni ko`rish