37 yoshli portugaliyalik yulduz o’zi bilan olti yil birga o’ynagan Gari Nevill bilan so’rashmagan edi. Bunga hozir ekspert bo’lib faoliyat yuritayotgan sobiq himoyachining Ronalduni tanqid qilgani sabab bo’ldi.
“Manchester Yunayted”ning sobiq sardori Rio Ferdinand premyer-liganing 14-turida “Vest Xem”ga qarshi uchrashuv oldidan Krishtianu Ronaldu va Gari Nevill o’rtasida yuz bergan vaziyatni izohladi.
«Endi Nevill Ronalduga qo’ng’iroq qilsa ham, Krishtianu javob qaytarmaydi. Ronalduni yaxshi bilganim uchun hammasi tamom bo’lganini aytishim mumkin. Gap og’zingdan chiqib bo’ldi, nima o’ylayotgan bo’lsang shuni gapirding.
Men Ronaldu o’rnida bo’lganimda boshqacha yo’l tutardim. Nevillni qo’lini siqib, “Sen juda ko’p gapiryapsan, der edim.
Ko’pchilik Ronaldu bunday qilmasligi kerak edi, deyapti. Lekin hech bir futbolchi uni mutaxassis tanqid qilishini qabul qilolmaydi. Ronaldu Nevillni “Manchester Yunayted”dagi eng tajribali o’yinchilardan biri sifatida qattiq hurmat qilardi», — dedi Rio Ferdinand.