Messi Chempionlar ligasi yangi rekordini o'rnatdi

«PSJ» hujumchisi Lionel Messi Chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turi doirasida «Makkabi»ga qarshi o’yinda (7:2) ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

OPTA xabariga ko’ra, argentinalik bir o’yinda dubl va ikkita golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo’lgan turnir tarixidagi eng keksa futbolchiga aylandi. Messi hozir 35 yoshu 123 kunlik.

«PSJ» 11 ochko jamg’arib, Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.