Ronaldu Saudiya Arabistonidan tushgan yiliga 240 million yevro maoshlik taklifni rad etdi

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu yozda Saudiya Arabistoni klubini taklifini rad etdi, deb xabar beradi Mirror.

Manba bergan xabarga ko’ra, nomi oshkor etilmagan klub 37 yoshli portugaliyalik futbolchiga yiliga 243 million yevro to’lashga tayyor edi. Biroq hozir forvard qishda o’z qarorini qayta ko’rib chiqishi va taklifni qabul qilishi mumkin.

Joriy mavsumda Ronaldu APLda 6 ta o’yinda maydonga tushdi, biroq gol ura olmadi. Uning Yevropa ligasida ham bitta o’yini bor.