Evropa Chempionlar ligasi yarim finalining ikkinchi bahsi yakuniga yetdi.
Madridda kechgan «Real» hamda «Manchester Siti» uchrashuvi murosasiz va kurashlarga boy tarzda kechdi.
73-daqiqada Riyod Mahrez Ilkay Gyundogan tomonidan uzatilgan pasdan so’ng kuchli zarba bilan Tibo Kurtua darvozasini ishg’ol qildi.
Zaxiradan maydonga tushgan Rodrigo 90 va 90+2 – daqiqalarda to’p kiritdi. Natijada, bosh hakam qo’shimcha bo’limlarga ruxsat berdi.
Qo’shimcha bo’limning dastlabkisida hakam «Manchester Siti» darvozasi tomonga penalti belgiladi. Bundan Benzema unumli foydalandi.
Shu tariqa, «Real» 3:1 hisobida g’alaba qozonib, ikki o’yin natijasiga ko’ra, finalga yo’llanma oldi.
EChL. Yarim final
«Real» – «Manchester Siti» – 3:1
Gollar: Rodrigo (90, 90+2), Benzema (90+5) – Riyod Mahrez (73)