Yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko’rayotgan «Surxon» safiga bir qator legioner futbolchilar kelib qo’shildi. Ularning orasida «Real» Madrid tarbiyalanuvchisi ham bor.
Klub matbuot xizmati ispaniyalik futbolchi Luis Migel Kuezada Sanches bilan bitim imzolaganini e’lon qildi.
Tanishing:
Luis Migel Quezada Sanches – 1996 yilning 11 fevral kuni tavallud topgan. Ampluasi – chap qanot yarim himoyachisi.
U Ispaniya va Donimikan Respublikasi fuqaroligiga ega. 26 yoshli o’yinchining yuqoridagi legionerlardan farqli tomoni shundaki, u “Real” Madrid futbol klubi tarbiyalanuvchisidir. 2013 va 2015 yillar davomida Luis Sanches “Real”ning U-17, U-18 hamda U-19 jamoalarida to’p tepgan. So’ngra, “Real Madrid Kastilya”da o’ynagan.
Shuningdek, “Olot”, “Kordova” va “Kadis” klublari sharafini ham himoya qilgan. Oxirgi klubi aynan “Kadis” sanaladi. Bu futbolchi o’z vaqtida “Real”ning asosiy mashg’ulotlarida ham muntazam ishtirok etgan. U paytda Krishtianu Ronaldu “Real”da edi. Sanches esa faqat Ispaniya birinchi divizionida “Real”ga tegishli bo’lgan “Kastilya”da ko’p vaqtini o’tkazgan.