Obameyang “Barselona”ga o’tish uchun maoshi 40 baravar kamayishiga rozi bo’libdi. Voqealar xronologiyasiga nazar tashlaydigan bo’lsak, tomonlar o’rtasidagi muzokaralar transferlar oynasining so’nggi daqiqalarigacha davom etgani va gabonlik futbolchining hali mavhum holatda Kataloniyaga kelishi uning qiymatini sezilarli pasaytirib yubordi. Ushbu transferning amalga oshishida yana bir asosiy keys bu — Aubaning Londonga qaytgisi kelmaganligida bo’ldi. Avvalroq Gabon terma jamoasi, keyin esa “Arsenal”dan “qochish”ga muvaffaq bo’lgan futbolchi Laporta uchun “o’lja” bo’ldi, deyish mumkin. Har holda u oladigan maosh “La Masiya”dan chiqayotgan yosh yulduzlardan ham karrasiga pastligi aytilmoqda. Aslida Obameyangning o’zi hammasini ochiq ko’rsatdi — “pul emas, futbol” dedi. Moliyaviy qiyin ahvoldagi kataloniyaliklarga Pyerning bu yurishi hozircha qo’l keldi. Muhimi ikki tomon ham qulay vaqtda, qulay nuqtada topishishdi.