Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari, shu jumladan, Shavkat Mirziyoyev ham Xitoyning Pekin shahrida bo’lib o’tadigan 2022 yilgi qishki Olimpiya o’yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar qilmoqda.
Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinping taklifiga binoan, 4 fevral kuni qishki Olimpiada ochilish marosimida xorijiy davlatlar va hukumatlar, yetakchi xalqaro tashkilotlar rahbarlari ishtirok etadi.
Xitoy rahbari 4-6 fevral kunlari Pekinda xorijiy davlatlar yetakchilari, hukumat rahbarlari, qirollik oilalari a’zolari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari sharafiga qabul marosimi o’tkazadi.
Mehmonlar orasida Rossiya, Singapur, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O’zbekiston, Misr, Polsha, Argentina rahbarlari, Kambodja qiroli, Qatar amiri, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi, boshqa qator davlatlar yetakchilari, Xalqaro olimpiya qo’mitasi prezidenti Tomas Bax, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus bor.
Ma’lumot uchun: Olimpiya o’yinlari 4-20 fevral kunlari, Paralimpiya o’yinlari esa 4-13 mart kunlari bo’lib o’tadi.