Konte yana Lukaku bilan birga ishlashi mumkin

«Tottenxem» bosh murabbiyi Antonio Konte «Chelsi» hujumchisi Romelu Lukakuni jamoasida ko’rmoqchi, deya xabar berdi «Calciomercato».

Unga ko’ra, Konte «shporlar» rahbariyati bilan uchrashib, jamoa hujum chizig’ida Romelu Lukakuni ko’rmoqchiligini ma’lum qildi. Katta ehtimol bilan ushbu transfer yanvar oyida amalga oshmaydi, ammo «Tottenxem» uni yozda qo’lga kiritishga harakat qiladi.

28 yoshni qarshilagan Lukaku APLning joriy mavsumida 16 o’yinda raqiblar darvozasini 5 bor ishg’ol qilgan va 1 golli uzatmani amalga oshirgan.