Roma Shomurodov bir jinsli nikohni tanqid qilgani haqidagi xabarlarni rad etdi

Avvalroq avstriyalik futbolchi Djoshua Kavallo omma oldida besoqolbozlikka moyilligi borligini aytgan edi. Shundan so’ng ko’plab futbolchilar ushbu holat yuzasidan o’z munosabtini bildirdi.

Evropa davlatidan bo’lgan ko’plab futbolchilar Kavalloni qo’llab-quvvatladi. Tvitterda esa Eldor Shomurodovning nomidan post qoldirilgan bo’lib, unda bir jinsli nikohga futbolchi qarshi ekani aytilgan.

Postda Eldor o’zini noqulay his qilayotgani va geylar bilan futbol o’ynashni istamasligi yozilgan. Xabarda “Erkaklar ayollar uchun, ayollar esa erkaklar uchun, boshqacha bo’lishi mumkin emas” deb yozilgan bo’lgan.

Roma futbol klubi ushbu postga izoh berdi. Roma Eldorning tvitterda akkaunti yo’qligini ma’lum qildi. Jamoa axborotida post feyk akkauntdan yozilgani va ushbu post hech qanday holatda o’yinchining qarashlarini ko’rsatmasligi ta’kidlangan. Tvitter o’z navbatida sohta akkauntni o’chirib tashlagan.