* * *
Ikki jinni sayohatga otlandi. Kechqurun ular qora uy qurib tunamoqchi bo’lishdi. Biri ikkinchisiga dedi:
— Qora uyni yo’l chetiga qurishimiz kerak.
Ikkinchisi:
— Jinnimisan? Qora uyni yo’l o’rtasiga quramiz. Qara, tep-tekis ekan!
Shunday qilishdi. Ertalab uyg’onishsa, yo’l chetida yuk mashinasi ag’anab yotibdi. Ikkinchi jinni birinchisiga dedi:
— Ko’rdingmi, agar qora uyni yo’l chetiga qurganimizda, anavi mashina bizni majaqlab tashlagan bo’lardi.
* * *
— Og’ayni, menga qarz bera olasanmi?
— Nima uchun?
— Esdalik uchun.
* * *
Muallim birinchi sinf o’quvchisidan so’radi:
— Bo’rivoy, ulg’aysang kim bo’lasan?
— Militsioner.
— Eshmat, sen-chi?
— Men o’g’ri bo’laman.
— Nega?
— O’shanda ham Bo’rivoy bilan birga o’ynash uchun.
* * *
Ikki mushuk to’tiqushlar qafasi yonida turib bahslashayapti:
— Men qizilini yeyman.
— Nega endi?
— Sherigi yashil ekan. Hali pishmaganga o’xshaydi.
* * *
Avtobusda.
— Kechirasiz, hozir tushasizmi?
— Sizga nima?
— Ie, men tushishim kerak.
— Menga nima?
* * *
Bemor vrachga uyqusizlikdan shikoyat qilayapti:
— Masalan, bugun kechasi o’n ikki marta uyg’ondim, shundan keyin umuman uxlay olmadim.
* * *
Yangi boyning xotini xizmatchi ayolga dedi:
— Siz xonadonimga ishga kelgandan beri kumush qoshiqlarim yo’qoldi, muzlatkichdagi ovqatlar o’z-o’zidan g’oyib bo’lib qolyapti… Sizga hoziroq hov anavi tashqari eshikni ko’rsatishim kerakka o’xshaydi.
— Voy, men eshigingizni boshimga uramanmi?
* * *
Tiqilinch avtobus haydovchisi yo’lovchilardan birini oldinga o’tishga undadi.
Yo’lovchi:
— Men manzilimga avtobusda yetib olish uchun pul to’laganman, piyoda ketish uchun emas!
* * *
Xotin eriga dedi:
— Meni judayam-judayam yoqimli so’zlar bilan erkalang!
— Oh, o’zimning shaqildoq ilonim!
* * *
— Og’ayni, sen hamisha xotiningning fikrini ma’qullaysanmi?
— Har doim ham emas.
— U bu ishingga qanday munosabat bildiradi?
— Hech qanaqa. U fikrini ma’qullamasligimni umuman bilmaydi.
* * *
— Yaxshi qiz, bugun kechqurun nima qilasiz?
— Ertaga qo’ng’iroq qiling, nima qilganimni aytib beraman.
* * *
— Og’ayni, ovqat juda mazali bo’libdi. Kim pishirdi?
— O’zim.
— Ie, xotining yordam bermadimi?
— Yordam berdi.
— Qanday yordam berdi?
— Bo’lmag’ur masalahatlari bilan asabimga tegmay turdi.
* * *
— Birodar, qizingizni pianino chalishga o’rgatish uchun muallim yollabsiz. Juda qimmatga tushsa kerak-a?
— Yo’q, aksincha. Qizim pianino chalishni o’rgana boshlagandan beri oshig’im olchi bo’ldi. Qo’shnimning uyini yarim bahoga sotib oldim.
* * *
Ayol dugonasiga dedi:
— Kecha erim bilan karavotda gaplashib o’tirgandik. Juda kulgili ish bo’ldi.
— Nima bo’ldi?
— Gaplashib o’tirsak, birdan tashqari eshik taqillab qoldi… Ikkalamiz ham shosha-pisha shkafga berkinib olibmiz.
* * *
Katta ko’chada piyonista o’tkinchidan so’radi:
— Qara-chi, peshonamda nechta shish bor ekan?
— Uchta.
— Obbo, yana uchta simyog’ochdan o’tsam keyin uyga yetarkanman.
* * *
Palto kiygan erkak ko’lda cho’milardi. Boshqa bir erkak sohildan turib so’radi:
— Nima qilayapsan?
— Paltomni yuvayapman.
— Uyingda kir yuvadigan mashinang yo’qmi?
— Bor, lekin mashinada yuvsam boshim aylanib ketadi.
* * *
«Tez yordam»ga qo’ng’iroq qilishdi.
— Allo, bu «Tez yordam»mi?
— Ha.
— Bolam ruchka yutib yubordi.
— Yaxshi, hozir yetib boramiz.
— Men nima qilay?
— Hozircha qalam bilan yozib turing!
* * *
— Oyi, men bir ayolning oyog’ini bosib olgandim. Uzr so’radim.
— U-chi?
— U menga konfet berdi.
— Sen rahmat aytdingmi?
— Yo’q, ikkinchi oyog’ini ham bosib oldim.
* * *
Muallima o’quvchiga dedi:
— Eshmat, «S» harfini yozishing menga yoqmayapti. Harf xuddi «e»ga o’xshab qolayapti.
— Sizniyam «5» raqamini yozishingiz menga yoqmaydi. Qachon qarasa, «2» ga o’xshab qolaveradi.
* * *
Yosh muallima dugonasiga arz qilayapti:
— Bir o’quvchim bor. Qachon qarasa, shovqin ko’taradi, bezorilik qiladi, darsni buzadi.
— O’sha o’quvchingning yaxshi tarafiyam bormi?
— Ha… Afsuski, bironta ham dars qoldirmaydi.
* * *
Kasalxonaning «Tez yordam» bo’limi. Vrach bir guruh bemorlarni ko’zdan kechirayapti. Barchalarining boshi jarohatlangan. Birinchisidan so’radi:
— Nima bo’ldi?
— O’qlog’ bilan urishdi.
— Sizga nima bo’ldi?
— Meniyam o’qlog’ bilan urishdi.
— Sizni-chi?
— Meni ham.
— Qiziq, epiidemiya tarqalganmi nima balo? Nega hammalaring bir xil jarohat oldingiz?
Bemorlardan biri dedi:
— Jonlantirish xonasiga olib ketilgan bemor yodingizdami? O’shani xotini o’qlog’ ko’tarib quvayotgan ekan. Yaramas, olomon ichiga o’zini urdi.