* * *
Kasalxonaning «Tez yordam» bo’limi. Vrach bir guruh bemorlarni ko’zdan kechiryapti. Barchalarining boshi jarohatlangan. Birinchisidan so’radi:
— Nima bo’ldi?
— O’qlog’ bilan urishdi.
— Sizga nima bo’ldi?
— Meniyam o’qlog’ bilan urishdi.
— Sizni-chi?
— Meni ham.
— Qiziq, epiidemiya tarqalganmi nima balo? Nega hammalaring bir xil jarohat oldingiz?
Bemorlardan biri dedi:
— Jonlantirish xonasiga olib ketilgan bemor yodingizdami? O’shani xotini o’qlog’ ko’tarib quvayotgan ekan. Yaramas, olomon ichiga o’zini urdi.
* * *
Bobo nevarasidan so’radi:
— Xo’sh, bugun maktabda necha baho olding?
— O’n ikki.
— Ie, qanday qilib?
— Matematikadan uch, ona tilidan bir, musiqadan besh va ingliz tilidan uch baho oldim. Shularni qo’shsa o’n ikki bo’ladi, bobo.
* * *
Bolakay baliq ovlardi. Maktabdosh do’sti kelib so’radi:
— Qanaqa baliq ovlayapsan?
— Baqlajon.
— Ie, unaqa baliq yo’q-ku!
— Nega yo’q bo’larkan? Baqlajon ikrasi bormi, bor. Demak, baqlajon degan baliq ham bo’ladi-da!
* * *
— Dada, «Abadiy yasha, abadiy ilm o’rgan!» degani bu aqllilik belgisimi?
— Ha, o’g’lim. Nega so’rayapsan?
— Meni yana beshinchi sinfda qoldirishdi.
* * *
Er ishdan qaytgach, xotiniga dedi:
— Xotinjon, men ichishni tashladim.
— Nima? Nega tashlaysiz? Endi meni kim «go’zalim» deb erkalaydi?
* * *
Yangi o’zbek shogirdiga uqtirayapti:
— Sen hech qachon ayollar ketidan quvmagin! Buning urniga pulning ketidan quv! Unga yetib olsang, ayolning o’zi seni topib olaveradi.
* * *
Fil yangi shimini yo’qotib qo’ydi va o’rmonni kezib barcha hayvonlardan surishtirdi. Hech kim olmagan. Bir mahal chumolinikiga borsa, shimi o’sha yerda yotibdi. Fil chumoliga dag’dag’a qila ketdi:
— Yaramas, nega shimni o’g’irlading?
— Fil aka, bir marta kiyib ko’rish gunohmi?
* * *
Yangi yilning ertasi kuni bolakay do’konga kelib sotuvchidan so’radi:
— Non yangi kelganmi?
— Yo’q, o’tgan yili kelgan.
* * *
O’g’ri do’stiga hasrat qilayapti:
— Halollik baribir bir kunmas bir kun o’zini oqlarkan.
— Nega?
— Yaqinda birovning itini o’g’irlab bozorga olib chiqqandim. Hech kim sotib olmadi. Shunda vijdonim qiynalib itni egasiga olib borgandim, u menga yuz dollar mukofot berdi.