* * *
Er xotinidan so’radi:
— Nega yig’layverasan? Men safarga o’n yilga ketayotganim yo’q-ku! Atigi bir oygagina ketyapman!
— Siz doim shunaqasiz? Bir oyga deysiz-da, uch kunda to’satdan kirib kelasiz.
* * *
Xotin eriga dedi:
— Bu dahshat! Har kuni yarim kechasi kirib kelasiz-da, meni uyg’otib yuboraverasiz. Keyin men ertalabgacha uxlayolmay to’lg’onib chiqaman.
— Puldan ko’proq ber, ertalab keladigan bo’laman!
* * *
Xotin:
— Ikkalamiz jiddiy gaplashib olishimiz kerak.
Er:
— Bo’pti, sen boshlab turaver, men tezda kelaman.
* * *
Xotin ichki ishlar bo’limiga kelib eri to’rt kundan beri uyga kelmayotganini bayon qildi. Undan so’rashdi:
— Eringizning asosiy belgilari bormi?
— Yo’q, lekin uyga kelsin, shunaqangi belgilar qo’yib qo’yayki…
* * *
Kompyuterchi xotiniga dedi:
— Xotin, hozir ag’darilib tushasan. Senga shunday sovg’a tayyorlab qo’yganmanki…
— Voy, tezroq ayta qoling. Qanaqa sovg’a ekan?
— Men yangi virus o’ylab topdim. Unga sening ismingni berdim.
* * *
Er:
— Nega Xudo ayollarni juda go’zal, shu bilan birga g’irt ahmoq qilib yaratgan?
Xotin:
— Go’zal qilib yaratganki, erkaklar bizni seva olishsin. G’irt ahmoq qilib yaratganining sababi, biz ham erkaklarni seva olishimiz kerak-ku!
* * *
Tunda er-xotin pashsha tutyapti. Xotin:
— Nechtasini tutdingiz?
— Beshta. Uchtasi urg’ochi, ikkitasi erkak.
— Ie, ularning urg’ochi, erkakligini qaerdan bila qoldingiz?
— Bu juda oddiy. Erkaklari qachon qarasa, stol ustida o’tiradi, urg’ochilari ko’zgu atrofida aylangani aylangan.
* * *
Er ko’chaga chiqib ketayotib xotinidan uy kalitini so’ragandi, u javob qildi:
— Sizga baribir emasmi? Agar ertalab kelsangiz, eshik ochiq bo’ladi. Yarim tunda kelsangiz, baribir qulfni topa olmaysiz.
* * *
— Xotin nega dod solaverasan? Men pullarni bo’lar-bo’lmasga ishlatayotganim yo’q. Men juda tejamkor erkakman. Bilasan-ku!
— Shunaqami? Bo’lar-bo’lmasga ishlatmaganingizmi bu? Ana, olti yil oldin o’t o’chiradigan moslama sotib olgansiz. Undan biror marta foydalanmadik.!
* * *
— Yaxshi qiz, necha yoshdasiz?
— O’zingiz toping-chi!
— Tasavvur ham qila olmayman.
— Mayli, sizga biroz yordam beraman. Qizim bolalar bog’chasiga qatnaydi.
— Nima, bog’cha mudirasimi?