Birlashgan Arab Amirliklarida qilichbozlik bo’yicha yoshlar o’rtasidagi jahon chempionatining dastlabki kuni vakillarimiz uchun omadli o’tdi.
Qizlar o’rtasida sablya dasturida bahs olib borgan jamoamiz yetakchisi Zaynab Dayibekova bronza medalini qo’lga kiritdi. Yarim finalda amerikalik Magda Skarbonkevishga qarshi bahsda vakilamiz imkoniyatni boy berib qo’ydi. Biroq ushbu bosqichgacha yetib kelgani unga bronza medalini taqdim qiladi.
Shuningdek, bugun kun davomida Sherzod Mamutov, Pozilbek Genjebayev, Boburjon Rasulov kabi vakillarimiz ham o’z chiqishlari bilan yaxshi taassurot qoldirishdi.
O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi Zaynab Dayibekova va O’zbekiston qilichbozlik federatsiyasini ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy qutlaydi,– deyiladi qo’mita matbuot xizmati xabarida.