«Uimbldon» rus va belaruslarga neytral bayroq ostida o'ynashga imkon beradi

Tennis turniri tashkilotchilari bu yil rossiyalik va belaruslik sportchilar tegishli shartlarga rioya qilgan holda kortlarga kirishlari mumkinligiga qaror qilishdi. 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sababli ushbu mamlakatlar sportchilari ishtirok etishiga ruxsat berilmagan edi.

 

Laun-tennis Assotsiatsiyasi bayonotida aytilishicha, ATR va WTA tennis tashkilotlarining jiddiy jazolari bunday qarorga majbur bo’lgan.

 

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Londonni rossiyalik va belaruslik tennischilarga viza berishdan bosh tortishga chaqirdi.