Toshkent shahrida yengil atletika bo'yicha Osiyo chempionati o'tkaziladi

O’zbekistonda ilk bor 27-30 aprel kunlari 18 yoshgacha bo’lgan o’g’il bolalar va qizlar o’rtasida o’rtasida yengil atletika bo’yicha beshinchi Osiyo chempionati bo’lib o’tadi.

 

Musobaqada Osiyoning 40 mamlakati, jumladan, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Yaponiya, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Eron, Pokiston, Malayziya, Tailand, Filippin va boshqa sport delegatsiyalari ishtirok etishadi.

 

Chempionat doirasida Osiyoning 40 davlatidan 524 nafar sportchi uch kun ichida 40 yo’nalish bo’yicha o’z chiqishlarini amalga oshirishadi.

 

Musobaqa dasturidan qisqa va o’rta masofalarga yugurish, estafeta, sakrash, disk uloqtirish, nayza va yadro uloqtirish qizlar o’rtasida yettikurash va boshqalar o’rin olgan.

 

Ushbu nufuzli sport tadbiri Osiyo yengil atletika assotsiatsiyasi, Osiyo mamlakatlari yengil atletika federatsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo’mitasi, O’zbekiston yengil atletika federatsiyasi va «O’zbekneftgaz» AJ tomonidan tashkil etilmoqda.