Braziliyalik mutaxassis Luis Felipe Skolari «Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi. Murabbiy futbolchi bilan Portugaliya terma jamoasida ishlagan.
“Krishtianu gol urish mashinasi, aql bovar qilmaydigan futbolchi. Menimcha, endi u faoliyatining boshidan ko’ra ko’proq motivatsiyaga ega. Ronaldu o’z ishiga juda sadoqatli», – deya murabbiyning so’zlarini keltiradi Britaniyaning The Mirror tabloidi.
Krishtianu hozirda «Manchester Yunayted» futbolchisi. U o’tgan yozda ikki yillik shartnoma asosida «Old Trafford»ga qaytgandi. Bir necha kun oldin portugaliyalik 37 yoshga to’ldi.
Izohlarni ko`rish