Shomurodovning «Spetsiya» safidagi debyuti qachon va kimga qarshi?

«Spetsiya» klubi Eldor Shomurodovning transferini e’lon qildi. Klub o’zbekistonlik futbolchining transferi uchun 1,5 million yevro to’laydi. Bundan tashqari, Eldorning yarim yillik maoshini «Spetsiya» o’z zimmasiga oladi. Shuningdek, Shomurodov yangi jamoasi safidagi o’yinlari va gollari soni ma’lum miqdorga yetsa, «Roma» qo’shimcha bonus olishi ko’zda tutilgan.

«Spetsiya» Italiya chempionatining joriy mavsumida 18 ochko bilan 17-o’rinni egallab turibdi. Jamoa 17 ta gol urib, 32ta gol tkazgan. Gol urish bo’yicha klub A seriyada eng yomon ikkinchi natijani qayd etib turibdi. Umid qilamiz, Eldor Shomurodov o’z gollari bilan «Spetsiya»ning natijalari yaxshilanishida yordam beradi.

Keyingi o’yin esa 5 fevral kuni «Napoli»ga qarshi. Toshkent vaqti bilan 16:30da boshlanadi.