«Spetsiya» klubi tarixidagi eng yaxshi to’purarlardan biri bo’lgan Franchesko Fiori o’zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodovning transferi borasida o’z fikrini bildirib o’tdi.
— Shomurodovni «Jenoa»dagi o’yinlari orqali yaxshi eslab qolganman. «Roma»da unga qiyin bo’ldi. Boz ustiga, jamoanig o’yin uslubi unga ta’sir ko’rsatdi. Bunday sxemada o’ynash unga oson bo’lmadi. Raqobat ham ta’sir qilmay qolmadi, u kam o’ynadi. Ammo Rimda ham u ba’zida o’zini yaxshi tomondan ko’rsata oldi. Uning ijobiy tomonlari sifatida tezlik va koordinatsiyani aytgan bo’lardim. To’psiz harakatlari ham tahsinga loyiq.
— U «Spetsiya»ga yordam bera oladimi?
— «Spetsiya» ham Shomurodov «Jenoa»da o’ynagan paytdagidek futbol namoyish etadi. Murabbiy almashganidan keyin bu ko’zga tashlana boshladi. Murabbiy Eldorni Nzolaga sherik sifatida ko’rmoqda. Ular birgalikda o’ynab keta olishadi, deb o’ylayman. Shomurodov qisqa masofalarda yaxshi bo’lsa, Nzola keng maydondan yaxshi foydalanadi. Ularning har ikkisi tezkor va bir-birlarini to’ldira olishadi. Shunday ekan, «Spetsiya» Shomurodov orqali tarkibni kuchaytirdi.