Shomurodov boshqa klubga o'tish arafasida

“Eldor boshqa klubga o’tish arafasidaligi uchun ‘Tottenxem’ bilan o’yinga bormadi. Ushbu jarayon transfer yoki ijara ko’rinishida bo’ladimi? Bu savolni ‘Roma’ klubiga bergan ma’qulroq”, – deydi Shomaning agenti Qahhor Mo’minov.

Hujumchi “Roma”dagi faoliyati davomida 40 ta o’yin o’tkazib, 5 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan. O’zbekistonlik 27 yoshli hujumchiga A Seriya jamoalari – “Sampdoriya”, “Monsa” va “Torino”dan qiziqish bor.