JCh-2022 bilan chorakfinalda xayrlashgan Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt iste’foga chiqarilishi mumkin.
The Telegraph xabariga ko’ra, angliyalik murabbiy milliy jamoadan iste’foga chiqarilsa, Brendan Rojers, Maurisio Pochettino va Tomas Tuxel singari murabbiylardan biri Sautgeytning o’rnini egallashi mumkin.
52 yoshli ingliz murabbiyining amaldagi kelishuvi Yevro-2024ga qadar belgilangan bo’lsa-da, Garet Fransiyadan uchralgan mag’lubiyatdan keyin Angliya milliy jamoasi boshqaruvida qolish yoki qolmasligi masalasida hali bir qarorga kelmaganini ma’lum qilgandi.
Ma’lumot uchun, Sautgeyt 2016 yildan buyon Angliyani milliy jamoasini boshqarib kelmoqda. Uning qo’l ostida inglizlar JCh-2018da yarimfinalga qadar, Yevro-2020da esa finalga qadar yetib kelgandi.