Saudiya Arabistoni hukumati «An-Nasr» jamoasida o’ynayotgan portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning xatti-harakatidan g’azablangan.
Yaqinda «Al-Hilol»ga qarshi o’tkazilgan jangda 38 yoshli yulduz futbolchi muxlislarga nisbatan odobsiz ishora qildi. U Lionel Messi nomini tilga olgan muxlislarga nisbatan shunday munosabat bildirdi.
Advokat Nouf bin Ahmad Saudiya Arabistoni prokuraturasiga Krishtianuni hibsga olish va mamlakatdan deportatsiya qilish bo’yicha so’rov yubormoqchi ekanligini aytdi.
Ronaldu «An-Nasr» safiga shu yilning yanvar oyida kelib qo’shilgandi. Hujumchi joriy mavsum Saudiya Arabistonida 11 o’yinda maydonga tushib, 11 gol va 2 golga assistentlik qilgan.
Izohlarni ko`rish